Mavzu: Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 207.74 Kb.
|
Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Kredit operatsiyalari tushunchasi va korsatkichlari. Ularning statistik tahili 2.3. Bank normativlari, barqarorligi va reytingi ko‘rsatkichlari
- 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida
Mavzu:Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari Reja: I.Kirish II.Asosiy qism: 2.1. Bank statistikasi ko'rsatkichlari va ulaming statistik tahlili. Bank statistikasi asosiy ko'rsatkichlari tizimi. 2.2. Kredit operatsiyalari tushunchasi va ko'rsatkichlari. Ularning statistik tahili 2.3. Bank normativlari, barqarorligi va reytingi ko‘rsatkichlari 2.4. Bank statistikasining informatsion ta’minoti III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bank (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi. Asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.1 Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi. 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalariga murojaat yo‘lladi. Davlatimiz rahbari bank tizimi haqida ham alohida to‘xtalib, shunday dedi:“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka-bank bu yil o‘z “evrobond”larini chiqarishi maqsadga muvofiqdir. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak”. 2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi. Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan: Download 207.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling