Mavzu: Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kapital yetarliligi koeffitsiyenti —


Download 207.74 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi207.74 Kb.
#1581347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari tizimi

7. Kapital yetarliligi koeffitsiyenti — shaxsiy mablag'laming barcha passivlarga nisbati bilan aniqlanadi.
8. Foydani kapitalizatsiya qilish koeffitsiyenti — ustav kapitalni shaxsiy mablag‘larga nisbati bilan hisoblanadi. Bu ko'rsatkichning joiz qiymati 0,5, kritik qiymati — 0,8. Bank likvidligini tahlil qilish maqsadida muddatli majburiyatlar bo‘yicha likvidlik va to'liq likvidlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
9. Muddatli majburiyatlar bo‘yicha likvidlik koeffitsiyenti — yuqori likvid aktivlaming jalb qilingan mablag‘larga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich bo'yicha joriy qiymat birdan kam bo'lmasligi kerak. Mutaxassislaming hisobi bo'yicha, agar majburiyatning 7% dan kami yuqori likvid aktivlar hisobidan qoplanishi mumkin bo'lsa, bank faoliyatidagi har qanday adashish uning to'lov qobiliyatining inqiroziga olib kelishi mumkin.
10. Toiiq likvidlik koeffitsiyenti — likvid aktivlarning jalb qilingan aktivlarga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha joiz qiymat bir va undan yuqori, kritik nuqta — 0,8 ni tashkil qiladi. Biz yuqorida bank faoliyatini ishonchliligini ta’riflovchi ayrim ko'rsatkichlami ko'rib chiqdik. Ulaming soni va hisoblash texnologiyasi turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, Rossiyada ayrim mamlakatlarga moslashtirilgan Amerikaning CAMEL reyting tizimida bankning moliyaviy holati 40 ta ko'rsatkich orqali baholanadi. CAMEL tizimi bo'yicha banklar faoliyati quyidagi mezonlar orqali baholanadi: kapitalning yetarlilik ko'rsatkichi, aktivlar sifati ko'rsatkichi, boshqaruv va bank menejmenti sifati ko'rsatkichi, foydalilik va rentabellik ko'rsatkichi, likvidlik ko'rsatkichi. Kapitalning yetarlilik ko'rsatkichini oladigan bo'lsak, u ikki darajaga va 4 ta kichik ko'rsatkichlarga ajratiladi. Hisoblangan ko'rsatkichlar asosida bank reytingining 5 tipi e’lon qilinadi: Reyting-1 (kuchli bank kapitali riskli aktivlarga nisbatan kuchli va bank rivojlanishiga ko‘maklashadi), Reyting-2 (qoniqarli), Reyting-3 (o‘rtamiyona), Reyting-4 (kritik), Reyting-5 (qoniqarsiz). Qolgan mezonlar bo‘yicha ham shunday tahlil o‘tkaziladi va ular asosida yig‘ma reyting hisoblanadi. Banklar faoliyatini, umuman, faoliyatining iqtisodiy samaradorligini qisman tahlil qilishda statistikaning barcha metodlaridan foydalanish mumkin. Masalan, bank faoliyatining samaradorligi o'zgarishini o'zgaruvchan tarkibli indeks bilan aniqlash mumkin. O'zgarmas tarkibli indeks esa umumiy samaradorlikni kreditlashtirilayotgan muassasalarda samaradorlikning umumiy darajasi hisobidan o'zgarishini tavsiflaydi. Kredit tarkibidagi o'zgarish hisobidan samaradorlikning o'zgarishi tarkibiy siljish indeksi yordamida baholanadi. Bu indekslar ushbu bobning boshqa paragraflarida keng
qo'llanilganini hisobga olib, 5.2-paragrafda bank faoliyatini tahlil qilishda korrelatsion-regression metodlar qoilanilishiga batafsil to' xtalmoqchimiz. Bank faoliyatini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni iqtisodiy-statistiktahlil qilishda ularga ta’sir qiluvchi omillar (ichki va tashqi)ni aniqlash va ularning ta’sirini baholash juda muhim masala hisoblanadi. Bu masalani yechish uchun korrelyatsion-regression tahlil
qoilaniladi. Bu tahlilning maqsadi quyidagi funksiyani olishdir:
= f (x1,x2,…..,xn)
Bank faoliyati tahlilida korrelatsion-regression tahlilni qo'llash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Bankni tanlash. Maqsadni belgilash va ko'rsatkichlarni tanlash va hisoblash.
2. Tanlangan bank yoki banklardan boshlang'ich maiumotlarni to'plash va ularni tekshirish (mantiqiy va arifmetik).
3. Ko'rsatkichlar o'rtasidagi bogiiqlikni o'rganish.
4. Regressiya modellarini tuzish va tenglama parametrlarini aniqlash.
5. Tadqiqot natijalarini baholash.
Boshqa sohalar kabi banklar faoliyatini regression tahlil qilishda ham asosiy muammo tenglama turini tanlashdir. Umumqabul qilingan qoidalarga binoan tadqiqotchilar ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog‘lanish turini aniqlayotganda, birinchi navbatda, ishchi gipoteza oldinga suradi. Grafik metodi, korrelatsion jadval va boshqa statistik metodlar yordamida to‘plangan empirik maiumotlarni tahlil qilish asosida oldinga surilgan gipoteza qabul qilinishi yoki qilinmasligi mumkin. Bu ishga ko'proq mutaxassislar va ekspertlar taklif qilingani ma’qul. Omil belgining o‘sib borishi bilan natijaviy belgi bir tekisda ortib borsa, demak, bu yerda to'g'ri chiziqli bog‘lanish mavjud. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda quyidagi tenglama tanlanadi:
x= a0+a1x
bu yerda: xnatijaviy nazariy belgi; a0, a1, — tenglama parametrlari; x — omil belgi.
Bu a0 va a1, parametrlarini aniqlash uchun kichik kvadratlar usulidan foydalanib, quyidagi tenglamalar tizimini yechish zarur:

Agar omil belgining o‘sib borishi bilan natijaviy belgining pasayishi kuzatilsa, ular o'rtasida teskari bog‘lanish mavjud, deyiladi. Iqtisodiy-statistik tahlilda eng ko‘p uchraydigan teskari chiziqli bog‘lanishlarga quyidagilami kiritish mumkin:
Giperbolatenglamasi: x= a0+a1
Bu regressiya tenglamasining parametrlarini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:


Ikkinchi darajali parabola tenglamasi: x= a0+a1x+ a2


Bu tenglamaning parametrlari (a0 , a1, a2) normal tenglamalar tizimini yechish bilan aniqlanadi:

Agar natijaviy belgiga bir qancha omillar ta’sirini baholaydigan bo‘lsak, ko‘p o‘lchovli korrelatsiyadan foydalanamiz. n ta o‘zgaruvchan belgi bilan to‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasi quyidagi ko'rinishda bo‘ladi:
x = + x1+ x2 +…..+ xn
Bank faoliyatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar bog'liqligini aniqlash bilan bir qatorda, ular o‘rtasidagi bog‘lanish zichligini baholash statistikaning asosiy ishlaridan biridir.

Bank statistikasi belgilar o‘rtasida bog'lanish zichligi quyidagi ko'rsatkichlar yordamida baholanadi:


1.Korrelatsiya koeffitsiyenti:

Download 207.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling