Mavzu: Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki
Download 207.74 Kb.
|
Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari tizimi
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi an’anaviy “taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi; kreditlashning yuqori sur’atlarda o‘sib borayotganligi va buning natijasida banklarning barqarorlik darajasini ifodalovchi likvidlilik va kapital yetarlilik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etayotganligi; imtiyozli kreditlar ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi natijasida moliya bozorida narx signallarining noto‘g‘ri shakllanishi, shuningdek pul-kredit siyosatining transmission mexanizmlarining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi; yuqori darajadagi dollarlashuv, shuningdek kredit va depozitlarning yirik korxonalar va iqtisodiyotning alohida sohalarida jamlanganligi (konsentratsiyasi) natijasida bank tizimining valyuta, kredit va likvidlilik xatarlariga bardoshliligining zaifligi; davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirdi. 2.1. Bank statistikasi ko'rsatkichlari va ulaming statistik tahlili. Bank statistikasi asosiy ko'rsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyotini banklarsiz tasawur qilib ham boimaydi. Ularni bozor mexanizmi qismlari ichida shu mexanizmning “motori” deb atashadi. Bugungi kunda bu “motorlar” soni va turi juda ham ko‘p ( O‘zbekistonda 2022-yil boshiga banklar soni 32 ta), ular bajaradigan ish va xizmatlar soni (yirik banklarda 100 dan ortiq xizmat turi mavjud) undan ham ko‘p. Banklarning quyidagi turlari mavjud: Markaziy bank (asosiy maqsadi — milliy valuta barqarorligini ta’minlash); tijorat banklari (ular “kredit supermarketlari” yoki “moliyaviy univermaglar” ham deb ataladi), ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari: investitsiya banklari, jamg‘arish idoralari, sug'urta kompaniyalari, pensiya fondi, investitsiya kompaniyalari. Mulk shakli bo'yicha banklar davlat, xususiy, aksionerlar banki, kooperativ, munitsipial, aralash bo‘lishi mumkin.Xalqaro banklar mavjud: jahon banki, xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki. Xalqaro banklar transmilliy va ko‘p milliy banklarga boiinadi. Transmilliy bank boiishi uchun bank kamida 5 ta mamlakatda o'zining sho'ba tashkilotiga ega boiishi kerak. O‘zbekistonda boshqa rivojlangan mamlakatlar kabi banklar tizimi ikki pog‘onalidir: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklar. Qonun bo'yicha (1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi” qonun) Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan: monetar siyosatni va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasida samarali hisob-kitoblar izimini tashkil qilish va ta’minlash; barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtirish va ular ustidan nazorat qilish; mamlakatning rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash va boshqarish; boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlash va boshqarish; Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining g‘azna ijrosini ta’minlash; milliy valutani muomalaga chiqarish; pul muomalasini tartibga solish va boshqarish, milliy valutaning boshqa valutalarga nisbatan kursini aniqlash va ayirboshlash. Qisqacha qilib aytganda, Markaziy bank mamlakatning pul-kredit siyosatini asosiy yo'nalishlarini belgilash va boshqarish funksiyasini bajaradi. U faqat foyda olishga intilib faoliyat ko‘rsatmaydi, davlatning butun iqtisodiy holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga ko'maklashadi. Tijorat banklarida esa asosiy tamoyil ko'proq foyda olish sanaladi. Ular bo‘sh turgan pul mablag'larini, qo‘yilma va to‘plamalarni saqlash va to‘plash, hisob-to‘lov mexanizmi va pul aylanmasini tashkil qilish hamda ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslami kreditlash, banklararo kreditlash tizimida samarali qatnashish, kafolatlash ishlarini amalga oshirish, turli xil xizmatlar (lizing, trast, hisob-kitob) ko‘rsatish va boshqa vazifalarni bajaradi. Tijorat banklari yuqoridagi vazifalar bilan bir qatorda quyidagi funksiyalarni bajaradi: kredit vositachisi, xo‘jalikda jamg'arishni rag'batlantirish, to'lovlarda vositachilik. Tijorat banklarining kredit vositachiligi funksiyasi — bu korxonalar va aholining vaqtinchalik bo‘sh resurslarini qayta taqsimlash, boshqacha aytganda, kredit berishdir. Ushbu funksiyaning asosiy xususiyati resurslarni qayta taqsimlashning bosh mezoni qarzdor ularni unumli ishlatishi hisoblanadi. Banklar faoliyatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi quyidagi guruhlardan tashkil topadi: — mamlakatda bank tizimining rivojlanishini tavsiflovchi ko'rsatkichlar; — ma’lum bir mintaqa bank tizimining mamlakat bank tizimi o'rtacha darajasidan farqini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar; — bank tizimi rivojlanishining ulushli ko'rsatkichlari. Mamlakatda yoki mintaqada bank tizimining rivojlanish darajasi quyidagi ko'rsatkichlar orqali baholanadi: bank aktivlarining mutlaq miqdori - barcha aktivlarni qo‘shish bilan aniqlanadi; inflatsiya darajasi - iste’mol baholari indeksi; real aktivlar miqdori - aktivlarning o‘sish sur’ati inflatsiya indeksiga boiinadi; aholining oylar bo'yicha daromadlari - jon boshiga to‘g‘ri kelgan daromad aholi soniga ko‘paytiriladi; maium bir hududda ro‘yxatga olingan banklar soni; bank filiallari soni; mintaqa bank muassasalari soni indeksi - mintaqadagi bank muassasalari soni mamlakat bank muassasalari soniga boiinadi; bitta bankka to‘g‘ri keladigan filiallar soni – filiallar soni banklar soniga boiinadi; mintaqadagi bank filiallar soni; ro‘yxatga olingan banklaming kredit qo'yilmalari hajmi; bitta bankka to‘g‘ri keladigan kredit qo'yilmalari hajmi - kredit qo'yilmalari hajmi banklar soniga bo‘linadi; bank aktivlarida kreditning hissasi - kredit qo‘yilmalari bank aktivlariga bo‘linadi. Mintaqaviy ko‘rsatkichlarning mamlakatning umumiy ko‘rsatkichlaridan farqini quyidagi ko'rsatkichlar orqali ham baholash mumkin: moliyaviy resurslar hajmi indeksi, moliyaviy natijalarni yiriklashuv indeksi, filiallar soni indeksi, real aktivlar indeksi. Yuqoridagi indekslar asosida bank faoliyati sharoitlarining nisbiy jozibadorligi indeksi aniqlanadi: JM.J= bu yerda: JM.O - moliyaviy oqimlar hajmi indeksi; JK - moliyaviy oqimlarning yiriklashuvi indeksi; JT - filiallar soni indeksi; JN.A - nomoliyaviy operatsiyalar hissasi indeksi; JM.A -real aktivlar indeksi. Yuqoridagi indekslami hisoblashdan asosiy maqsad mintaqa bilan mamlakat ko‘rsatkichlarini taqqoslashdir. Mintaqaviy ko‘rsatkichlami umummamlakat ko‘rsatkichlaridan yuqoriligi umuman mintaqa iqtisodiyotining muvaffaqiyatlilik darajasini ifodalaydi. Bank tizimini o'rganishda statistika quyidagi ulushli ko‘rsatkichlardan foydalanadi: ahgli jon boshiga to‘g‘ri keladigan bank aktivlari hajmi va bank muassasalari soni, mintaqaning bitta bankiga to‘g‘ri keladigan bank aktivlari soni, aholi daromadlarining bir so'miga to‘g‘ri keladigan bank aktivlari. Banklar faoliyatini statistik tahlil qilishda bank kapitalining yetarliligi, aktivlarning sifati, bankning foydasi va rentabelligi, bankning likvidlik va ishonchlilik ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Bankning ishonchliligi uning har qanday sharoitda to‘liq hamda o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga bog‘liq, aniqrog‘i, bank mijozining talabiga muvofiq har qanday paytda to‘lovni amalga oshirishi kerak va hatto banklarda yoki moliya bozorida inqiroz paydo bo’lgan holatda ham bank o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob berishi kerak. Bundan tashqari, yaqin va uzoq istiqbolda yuqoridagi holatlardan chiqishga amin bo‘lishi uchun aktivlar sifati, shaxsiy kapital va daromadlilik darajasi yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Bu ta’riflami baholash uchun statistikada to'lov qobiliyati, aktivlar sifati, faoliyat samaradorligi, kapitalning yetarliligi va bankning likvidligini ifodalovchi o'zaro bogiiq ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Banklar faoliyatining ishonchliligini tahlil qilishda quyidagi koeffitsiyent ko‘rsatkichlardan foydalanamiz. Download 207.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling