Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli
MAVZU: BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI
Download 0.89 Mb.
|
Tursunov U banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. KREDIT TIZIMI. 2.1. Kredit tushunchasi 2.2.
MAVZU: BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.
MUNDARIJA: KIRISH ASOSIY QISM BOB BANK TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI . Banklarining paydo bo’lishi tarixi O'zbekiston banklarining rivojlanish yo'llari va islohotlari 1.3. Banklarning trast(ishonch) va komission operatsiyalari 1.4. O’zbekistonda Markaziy bankning vazifalari va operatsiyalari II. KREDIT TIZIMI. 2.1. Kredit tushunchasi 2.2. Krеdit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi 2.3. Krеditning mоhiyati va zarurligi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bank-moliya tizimida izchillik bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar ushbu soha istiqbollarini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etgani va rivojlanishning yangi bir bosqichiga o‘tishga zamin hozirlagani tizimda kuhim rol o`ynadi. Istiqlol yillarida banklar aynan yirik loyihalarning tashabbuskori bo‘lib, korxonalarning faoliyat rivoji yo‘lida ularni faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda hamda bunday moliyaviy va investitsiyaviy ko‘mak natijasida O‘zbekistonda iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyoti hamda jamiyat ijtimoiy hayotida muhim bo‘lgan ob'yektlar barpo etilmoqda. Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda. CHunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir. O’zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o’zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi. Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling