Banklarda buxgalteriya hisobining vazifalari:
4
5
- bankda turgan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalar kam chiqish yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish
8
9
- zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng foydalanish asosida bank operatsiyalarini bajarish uchun mehnat va mablag‘ sarfini kamaytirish, ular hisobini yuritish, hisobotlar tuzish va hokazo
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona bankning boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e’tibor bermog‘i zarur:
1.bankning likvidligi
2.bank rentabelligi
Bank faoliyati bo‘yicha moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan bilvosita foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, ularning ham o‘ziga yarasha manfaatdorligi bor. Bunday foydalanuvchilar tipiga quyidagilarni kiritish mumkin: - auditorlik firmalari;
- moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;
- qimmatli qog‘ozlar birjalari;
- qonunchilik idoralari;
- huquqshunoslar, jumladan, xo‘jalik sudi vakillari;
- matbuot va axborot agentliklari;
- sug‘urta idoralari, kasaba uyushmalari va boshqalar
2. Bank hisob-operatsion bo‘limining tuzilishi Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hi-sobini olib borish bankning hisob-operatsion bo‘limiga yuklatilgan. Hi-sob-operatsion bo‘lim bank faoliyatining ko‘lami va yo‘nalishi, mijoz-lar soni hamda boshqa ko‘rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilar mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo‘lib berilib, ular o‘z mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, valuta, kredit va boshqa operatsiyalari bo‘yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |