Mavzu: banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Ichki bank ope-ratsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


Download 142.41 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi142.41 Kb.
#1484883
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH

Ichki bank ope-ratsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyum-larni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanishi hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;

– bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qay-ta baholanishi, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;

– bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;

– bankning barcha daromadlari bo‘yicha hisobni olib borish;

– bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo.

“Front-ofis” va “Bek-ofis”dan iborat bo‘lgan banklarning buxgalteriya apparatining xususiyatlari

Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis muta-xassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis muta-xassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yet-kazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.

Front-ofis - mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi.

Front-ofis - mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi.

Bek-ofis - Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy na-zoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.

Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuza-sidan shartnomalar tuzish;
  • mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shuningdek, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
  • mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
  • mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tas-diqlovchi tilxat berish.

Download 142.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling