1-rasm. Ipotekali kreditlashning AQSh modeli6
Ikki pog‘onali yoki ipotekali kreditlashning AQSh modeli keng tarqalgan an’anaviy ipoteka tizimidir. Uning o‘ziga xosligi bank-kreditorlar va mablag‘ manbalari (ipoteka qimmatbaho qog‘ozlari emitentlari) bo‘yicha ajratilganligidir. Amerika modeli konsepsiyasi federal darajaga afzallik bergan. Uning amalga oshirilishi va rivojlantirilishi uchun “turar joy ipotekali kreditlash agentligi” tashkil etilgan, federal budjetga esa agentlik tomonidan emissiya qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarni kafolatlash yuklatilgan.
Ipotekali kreditlashning muqobil varianti sifatida Rossiyada xozirgi kunda Germaniyada mavjud omonat kassalari tizimini tashkil etishga xarakat qilinmoqda. Ipotekali kreditlash manbalari bo‘lib ixtisoslashtirilgan kredit uyushmalarining maqsadli depozitlari xizmat qiladi. Omonatchi majburiyatni o‘z zimmasiga oladi va xar oyda belgilangan summani o‘rtacha bozor darajasidan past bo‘lgan foiz stavkasi asosida maqsadli depozitga qo‘yadi. Qoidaga ko‘ra turar joylarni sotib olish uchun zarur mablag‘ning yarmini jamg‘argan xolda u bozor darajasidan past bo‘lgan foiz stavkasida kredit oladi. Omonatchilar tomonidan jamg‘arilgan ssuda-omonat kassalaridagi mablag‘lar, ssuda-omonat kassalari a’zolariga kredit berish uchun sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |