Mavzu: Banklarda ipoteka krediti hisobi Reja
Download 118.86 Kb.
|
Plan
Mavzu: Banklarda ipoteka krediti hisobi Reja: Kirish
Banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish va kredit turlari Ipoteka kreditining iqtisodiy mohiyati va uning huquqiy asoslari Tijorat banklarining ipotekali kreditlash amaliyotining xorij tajribasi Respublikmizda ipoteka kreditini rivojlantirish yo‘llari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Respublikamizda bank tizimini rivojlantirish uchun keyingi yillarda davlat banki tizimi bilan birgalikda tijorat banklari tizimi tashkil etildi. Bizga ma’lumki, kredit nafaqat qaytib berish sharti bilan balki tegishli foiz stavkalari xisobga olingan xolda beriladi, bu esa qarzdorlar zimmasiga yuqori ma’suliyatni yuklab, kreditlarni kaytarish muddatlariga rioya kila olishlari xakida jiddiy o‘ylaganliklaridan so‘ng beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respubli-kasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida1»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni qabul qilindi va unda aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘chmas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan ipoteka krediti tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi, banklarning kredit portfelini kreditning turlari bo‘yicha diversifikatsiya qilishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi, mamlakatda turar-joy muammosini xal etishning dolzarb moliyaviy yo‘nalishi hisoblanadi. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida ipotekali kreditlash amaliyoti shakllanish bosqichidadir. Bu borada Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Oliy Majlisning qo‘shma yig‘ilishida ham “Ma’lumki, aholimizni, ayniqsa, budjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir2”-deb o‘z fikrlarini bildirganlar. Download 118.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling