Mavzu: banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining mustahkamligi
Download 23.35 Kb.
|
1-мавзу маьруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mehanizmlarini samaradorligini oshirish lozim.
Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank ahamiyati va mustahkamligidan keyin bosib o’tgan qisqa davrda yig’ilgantajribalarning natijalari shuni ko’rsatmoqdaki bozor iqtisodiyotining asosiy o’zagi asosan o’zaro ishonch va halollikka tayanadi agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchi yo’qolishi oqibatida ularning jamyatdagi rolini pasaytiradi. Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo’ladi
-banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajarmasa -aholi va mijozlarning kreditga ayniqsa naqt pulga bo’lgan talabi to’liq o’z vaqtida qondirilmasa -ijozlarning hisobvaraqlari bo’yicha mablag’lar qoldig’I va aylanmalari halqida bank siri ta’minlanmasa -mijozlarning pul o’tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o’tkazilmasa -bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mehanizmlarini samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo’jalik subyektlariga kreditlarini berishda mijozlarning naqd pullariga bo’lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshirishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki banklar milliy iqtisodiyotda ajralgan holda alohida subyekt sifatida samarali faoliyat yurishi mumkinemas. Masalan banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishni oladigan bo’lsak muomalaga emissiya qilingan pul massasi tavar massasi bilan taminlangan bo’lishi lozim ask holda miliy valyutaning inflatsiya darajasi oshishi bilan birga uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak iqtisodiyotda Tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi birinchidan bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa ikkinchidan milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi, masalan 90 yillarning oxirlarida Rossiya shuningdek qator sobiq ittifoq respublikalarida shu jumladan mamlakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish hajmini ishlab chiqarish jarayonlarini uzulishlarini vujudga kelishiga shuningdek xo’jalik yurutuvchi subyektlar o’rtasida debitor kriditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keladi. Banklarning mamlakat iqtisodiyotida ta’sirini ya’ni ularning rolini real sektorini kreditlash munosabatlari misolida ham ko’rishimiz ham mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo’lib shbu ehtiyoj ayniqsa iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol hajmining qisqarishi, davlat buyurtmalarining hajmini qisqarishi debitorlarning to’lovga layoqatsizligi, qo’shimcha moliyaviy risklardan bo’lgan kuchli talablarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Albatta ushbu talab banklarning to’lig’icha banklarning krediti hisobidan qondirilishi birinchidan maqsadga muvofiq emas ikkinchidan banklarga iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojlar qondirish uchun yetarli moliyaviy risklarning taqchilligi paydo bo’ladi. Bundan tashqari eng muhimi banklar tomnidan berilgan kreditlarning to’liq qaytmaslik xavfi ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditga talab yuqori bo’lsada banklar kredit qiymatlari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas balki banklar ham tijorat muassasa sifatida iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishni eng muhimi risk asosida kedit sifatida beriladigan manbalari o’z mablag’lari emas balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag’lari hisobiga faoliyat yuritayotgnligini unutmaslik lozim. Xulosa o’rnida takidlash mumkinki banklarning iqtisidiyotdagi o’rni nafaqat banklarning o’ziga balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. O’z navbatida iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshliligi mamlakatda barqaror samarali bank tizimini tashkil etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda banklar va milliy iqtisodiyot bir biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular bir birini to’ldirgan holda bir-biriga o'zaro hamohang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy moliyaviy sub’ektlari hisoblanadi. Download 23.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling