Mavzu. Basketbol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini
Download 0.54 Mb.
|
BASKETBOL O‘YINIDA SHUG`ULLANUVCHILARNING O‘YIN TEXNIKASINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
MAVZU. BASKETBOL O‘YINIDA SHUG`ULLANUVCHILARNING O‘YIN TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH. RЕJA Kirish 1.O‘yin tеxnikasi tasnifi. 2.Hujum tеxnikasi: a) maydonda harakat qilish tеxnikasi; b) to’p bilan bajariladigan harakatlar tеxnikasi. 3.Himoya tеxnikasi: a) maydonda harakat qilish tеxnikasi; b) to’pni egallash va qarshi harakat tеxnikasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Sport taktik tayyorgarligi - bu maxsus musobaqalashuv jarayonida biron-bir sport turi bo‘yicha tizimli kurash olib borishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Ushbu jarayon tanlangan sport turi bo‘yicha umumiy holatni o‘rganish, musobaqa nizomi va hakamlik mahorati, sportchilarni taktik mahorati, musobaqadan oldin o‘z taktik malakasiga ega bo‘lishi, mashg‘ulotlarda va nazorat musobaqalarda taktik usullarni qo‘llash uchun zarur sharoitni yuzaga keltirishni o‘z ichiga qamrab oladi. Taktik tayyorgarlik sportchi yoki jamoani ma’lum darajada natijaga erishganligida namoyon bo‘ladi. Basketbol sport turida taktik tayyorgarlik turli o‘yin kombinatsiyalarini o‘rganishni talab qiladi. Kombinatsiya o‘yinchilar tomonidan o‘rganilgan va hamkorlikda kelishilgan jamoaviy tizim bo‘lib, jamoadagi biron-bir basketbolchi xalqaga to‘p tashlashi uchun sharoit yaratishdan iborat. Taktika va texnikaning chambarchas, uzviy bog‘liqligi tufayli basketbol nazariyasi va amaliyotida qo‘shma jumla bilan “texnik-taktik harakat” deb yuritish odat tusiga kirgan. Jamoadagi bir necha o‘yinchilarning koordinatsion jihatdan muayyan maqsad sari muvofiqlashtirilgan va tartiblashtirilgan texnik-taktik harakatlari shu o‘yinchilrning o‘zaro taktik harakatlari deb izohlanadi. Jamoaning yaxlit (bir butun) taktik harakatlarini esa o‘yin tizimi deb yuritiladi. O‘yin tizimi jamoaning barcha o‘yinchilarini o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatini anglatadi. O‘yin tizimi muayyan maqsadlarga qaratiladi. (Masalan, bir markaziy o‘yinchi bilan hujumni tashkil qilish o‘yin tizimi, himoyada shaxsiy o‘yin tizimini qo‘llash va h.k.). Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinatsiyalar asosida amalga oshiriladi. Kombinatsiya— hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o‘yinchilar yoki butun jamoa o‘yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” (mashqlantirilgan) o‘yin tizimini anglatadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling