Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari


Download 9.18 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1223758
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Beton To’ldiruvchilar turlari-fayllar.org


Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari

Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari



Reja:

  • To‘ldiruvchilarning tavsifi va turlari

  • Tabiiy to‘ldiruvchilar

  • Tabiiy to‘ldiruvchilar klassifikatsiyasi


1.To‘ldiruvchilarning tavsifi va turlari
To`ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy ëki sun’iy materiallar bo`lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton hosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va temirbeton konstruksiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o`rganish, to`ldiruvchilarni to`g‘ri tanlash, ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash katta ahamiyatga ega.
Betonning asosiy aktiv qismi - bog‘lovchi semendir. Bog‘lovchi suv bilan aralashib xamir hosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o`tishi va betonga aylanish xususiyati ega. To‘ldiruvchi nima uchun kerak?
1. To`ldiruvchilar betonning 80% gacha hajmini tashkil qiladi, sement va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton tarkibida yuqori baxoli va defitsit material xisoblanadi.
2. Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo`liqadi. Uning cho`kishi-2 mm/m ga etadi. CHo`kish deformatsiyalarining notekis bo`lishi ichki zo`riqishlar va yorilishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko`zga ko`rinmaydi, lekin ular sement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To`ldiruvchi betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho`kish deformatsiyalarini qabul qilib, cho`kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, sement toshiga nisbatan).
3. YUqori mustaxkamlikdagi to`ldiruvchilardan iborat qattiq karkas mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yani konstruksiyaning yuk ta’siridagi deformatsiyasini kamaytiradi).
4. Engil g‘ovak to`ldiruvchilar betonning zichligini va issiqlik o`tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to`siq konstruksiyalar va issiqlik izolyasiyalari uchun ishlatiladi.
5. Alohida og‘ir va gidrat to`ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi(atom elektrostansiyalarida).
YUqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to`ldiruvchilarni ishlatish joylarini belgilaydi, qaysiki bular betonning juda katta tarkibiy qismidir, ularning xususiyatlari va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi.

Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling