Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari


Download 9.18 Kb.
bet2/3
Sana23.02.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1223758
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Beton To’ldiruvchilar turlari-fayllar.org

2. Tabiiy to‘ldiruvchilar
Tabiiy qum, qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi.
Qum konlari kelib chiqish sharoitiga qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi tog‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit va transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq qum uchraydi.
Tekislik konlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda) yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi.
Suvli konlarda qum daryo, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan olinadi. SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi.
Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba’zan katta hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi.
Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida keltirilgan talablar qo‘yiladi. Agar tog‘ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning amorf turlari va boshqa salbiy qo‘shimchalardan tashkil topmasa, u holda qum olishda maydalashda faqat chang (tosh kukuni) keraksiz mahsulot sifatida chiqadi.
Qum tarkibidagi chang tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy tasiri kam, shu sababli standartga ko‘ra chang 1-3% gacha ruxsat etiladi.
Maydalangan qum asosidagi betonda to‘ldiruvchilarning bog‘lanishi va uning mustahkamligi tabiiy kvars qum asosidagi betonga nisbatan yuqori bo‘lib, nafaqat siqilishga balki cho‘zilishga ham yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar sovuqqa chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Biroq hozirgi vaqtda tosh maydalash chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam ishlatiladi, ya’ni tosh chaqiq toshi ishlab chiqarishda bu massa katta hajmda chiqadi. Bu sanoat chiqindilaridan tosh kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish ) natijasida beton uchun sifatli qum olish mumkin. Maydalash chiqindilari asosida va boyitishda olingan qum O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar”da nazarda tutilgan.
Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko‘ra yoki xavfli qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli qumni olib kelish katta sarf harajatlarni talab etsa, u holda qumni boyitish, iqtisodiy samara beradi.
Qumni boyitish bu 5 mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat.

Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling