Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari
Tabiiy to‘ldiruvchilar klassifikatsiyasi
Download 9.18 Kb.
|
Mavzu Beton To’ldiruvchilar turlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy to‘ldiruvchilarning tog‘ jinsi turiga (BS 812: 1:1975) bog‘liq holda klassifikatsiyasi
3.Tabiiy to‘ldiruvchilar klassifikatsiyasi
Biz shu paytgacha to‘ldiruvchilarni tabiatda uchraydigan material sifatida qaradik. Biroq to‘ldiruvchilar sanoat mahsulotlari asosida ham olinishi mumkin[1]. Petrografik nuqtai nazaridan to‘ldiruvchilar, maydalash bo‘yicha, hamda taiiy holatda maydalanishi bo‘yicha bir qancha tog‘ jinslari guruhiga va umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Eng maqbul klassifikatsiya BS812:1:1975 bo‘yicha aniqlanadi, bunda tog‘ jinsining turiga bog‘liq holda tabiiy to‘ldiruvchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Tabiiy to‘ldiruvchilarning tog‘ jinsi turiga (BS 812: 1:1975) bog‘liq holda klassifikatsiyasi
ASTM C 294-05 standartida to‘ldiruvchilarda ko‘p uchraydigan bir qancha minerallar keltirilgan. Mineralogik tarkibga ko‘ra klassifikatsiyalash orqali to‘ldiruvchilarni dastlabki xususiyatlarini baxolash imkonini beradi, biroq u orqali bu turdagi to‘ldiruvchilarni betonda qo‘llash mumkin yoki yo‘qligini aniq aytib berib bo‘lmaydi, chunki to‘ldiruvchilarda universal minerallar mavjud bo‘lmaydi. SHu bilan bir vaqtda kerakmas minerallar ko‘p holatlarda ko‘p uchraydi. ASTM bo‘yicha 10 minerallar klassifikatsiyasi ko‘rib chiqiladi: kremnezemli minerallar (kvars, opal, xalsedon, tridimit, kristobalit), dala shpatlari, slyudali minerallar, karbonatli minerallar, sulfidlar, ferromagnezial minerallar, seolitlar, temir oksidlari, gilli minerallar. Ko‘rib chiqilgan petrografik va mineralogik usullar ushbu kitob tarkibiga kiritilgan, biroq shuni ta’kidlash lozimki geologik nuqtai nazaridan to‘ldiruvchilarni analiz etish orqali ularning sifati baholanadi, yana ishlatilayotgan to‘ldiruvchilarning ma’lum ekspluatatsion xarakteristikalari solishtiriladi. Buning natijasida to‘ldiruvchi tarkibida uning sifatiga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi kremnezem kabi minerallarni aniqlash mumkin. Sun’iy to‘ldiruvchilarni ishlatish jarayonida ham to‘ldiruvchi sifatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish texnologiyasi tadqiq etiladi. http://fayllar.org Download 9.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling