Mavzu: Bevosita qizdirish pechlari. Reja: Domna pechining tuzilishi


Download 44.06 Kb.
bet5/5
Sana11.05.2023
Hajmi44.06 Kb.
#1455145
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Bevosita qizdirish pechlari. Reja Domna pechining tuzili


Domna pechlarning ishiga baho berish uchun uning bir sutkada qancha cho'yan ishlab chiqarishi va buning uchun qanchayoqilg‘i sarflanishini bilish lozim. Odatda pechning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi uning foydali hajmidan foydalanish koeffitsienti (K^) va yoqilg'ining solishtirma sarflanish koeffitsienti (Kv„) orqali aniqlanadi. Ko‘pchilik domnalarda Kf=0,5-0,7 oralig'ida bo‘ladi. Domnalarda yoqilg‘ining solishtirma sarflanish koeffitsienti (Kyo) ni aniqlash uchun yoqilg‘ining bir sutkadagi sarfi (A), olingan cho‘yan miqdoriga (T) ko‘ra quyidagicha aniqlanadi: Domna pechi ishining texnika-iqtisodiy kursatkichlari
Odatda, bu koeffitsient 0,5-0,6 oralig‘ida bo‘ladi. Domna pechining ish unumini oshirish uchun ilg'or cho'yankorlaming tajribalarini o'rganish, shixta materiallami suyuqlantirishga tayyorlash, ayniqsa, aglomerat va okatish konsentratlardan foydalanish, qizdirilgan havo temperaturasi hamda bosimini ko‘tarish bilan uni kislorodga to'yintirish va ish jarayonida temperaturaning bir m e’yorda bo‘lishini ta’minlash kabi kompleks ishlar olib borilmog‘i lozim. Bundan tashqari, og‘ir ishlami mexanizatsiyalashtirish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan
holda boshqarish kabi ishlarga katta e ’tibor berish kerak. Keyingi yillarda tozalangan domna gazlarini to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri domnaga haydash mumkinligi ustida ham ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bulaming hammasi domnalar ishining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirishning muhim omillaridir. Pechni ish gatushirish Pech bo‘shlig‘iga shixta materiallari m a’lum tartibda yuklangandan keyin gorelkaga bosim ostida qizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib, kamerada yondiriladi. Yonish mahsulotlari o ‘z yo‘lida shixta materiallarini
qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali sovuq regeneratorlarning katak-katak kanallaridan o ‘tib, devorlarini qizdirib mo‘riga yoki bug‘ qozonlariga chiqariladi. Agar chap tomondagi 1250-1280 С qizigan regeneratorlarga sovuq gaz va havo haydalganida, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o'ta borib, 800-900 С temperaturagacha qizigach, u yerdan o‘z kallaklari orqali pech kamerasiga o'tib yonadi. Yonayotgan gaz mahsulotlar oqimi shixtani qizdira borib qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali sovuq o‘ng tomondagi juft regeneratorlarga o‘tib ularni qizdiradi. Gaz va havo
oqimining harakat yo‘nalishi klapanlar orqali har 20-25 minutda avtomatik ravishda boshqariladi. Agar maiten pechlari suyuq yoqilg‘I (mazut) da ishlasa, faqat havoni qizdirish regeneratorigina o‘matilgan bo'ladi. Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‘ra po‘latlarni skrap-rudali va skrap usullarda olinadi. Po‘latlarni skrap-rudali usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domna pechlari bo‘lgan po'lat ishlab chiqaruvchi kombinatlarda foydalaniladi, chunki bunda shixtaning 60-75%i temirtersak (skrap) chiqindilardan, qolgani suyuq cho‘yandan iborat bo‘ladi. Bu pechlarda, avvalo, m a’lum miqdorda temir ruda, ohaktosh, keyin metall chiqindilar pechning oldi devoridagi yuklash darchasi orqali kiritiladi. Ular obdon qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho‘yan quyiladi. Suyuq cho'yan tarkibidagi Si, P, Mn va qisman С lar temir ruda kislorodi bilan oksidlana boradi hamda bu oksidlar ohak bilan o'razo birikib shlak ajrala boshlaydi. Metalldagi S ni shlakka o'tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach pechga ma’lum miqdorda boksit ko'shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda yuqorida ko'rilgan reaksiya bo'yicha metalldagi S shlakka o'tadi. Jarayon oxirida vaqt-vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va xossalari ekspress laboratoriyada kuzatib boriladi. Kutilgan tarkibga kelgach, pechga qaytaruvchilar kiritilib, so'ngra nov teshigi ocliilib u kovushga chiqariladi. Bu variantda faqat sifati pastroq uglerodli po'latlar olinadi. Lekin temirning temir rudadan qaytarilishi hisobiga po'lat miqdori bir oz ortadi. Po‘latni skrap usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domnalari bo'lmagan kichik metallurgik va mashinasozlik zavodlarida foydalaniladi. Bunda shixtani 55-75% temir-tersak chiqindilar, qolgani qayta ishlanadigan qattiq (chushka) cho'yandan iborat bo'ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq temir ruda, flyus sifatida m a’lum miqdorda ohaktosh kiritiladi. Jarayon yuqorida ko'rilgan skrap-rudali usuliga o'xshash kechadi. Pechni ishga tushirishdan avval unga tem ir-tersak chiqindi (skrap)larning yarmi, keyin esa metall m assasining 3-5% hisobida ohaktosh, qolgan tem ir-tersak chiqindilar va qattiq cho'yan solinadi. Shixta to‘la suyuqlangach, pechdagi kislorod hamda metalldagi erigan FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. S i0 2, MnO, CaO oksidlar birikib, shlak hosil bo'ladi. Vanna temperaturasi zarur temperaturaga ko'tarilgach С jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall qo‘shimchalardan tozalana boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida qaytariladi. Kutilgan tarkibli po‘lat pechdan kovshlarga novlari orqali chiqariladi.
Download 44.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling