Mavzu: Bibliografik tavsiflash nazariyasi va uslubiyati


Download 47.17 Kb.
bet1/5
Sana14.02.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1196905
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Shohida mustaqil


Mavzu: Bibliografik tavsiflash nazariyasi va uslubiyati
Reja:
1. Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o`rni va ahamiyati
2. Bibliografik axborotning asosiy shakllari axborotni yig'ish va uzatish
3. Bibliografiyaning obyektlari
4. Axborot-bibliografiya resurslari
5. O'zbekistonda Milliy va davlat bibliografiyasi

Bibliografiyaning jamiyat hayotida tutgan o`rni va ahamiyati.
Mavzuning maqsadi - o'quvchiga bibliografiya va bibliogra-fiyashunoslik tushunchalarini yoritib berish, uning kelib chiqishi va shakllanish tarixi, hozirgi davrdagi ma'no va mazmuni haqida, bibliografiyaga oid hujjatlar haqida ma 'lumot berish.
Asosiy tushunchalar- bibliografiya, bibliografiyashunoslik, qog'oz, bibliografiya nazariyasi, bibliografiya texnologiyasi, bibliografiya uslubiyati, bibliografiyani tashkil etish.
Bibliografiya tushunchasi,
uning kelib chiqish tarixi haqida ma'lumot

“Bibliografiya” so'zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo'llanilgan. So'zma-so'z tarjima qilinganda biblion – “kitob”, grapho - “yozaman” degan ma'noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko'chirib yozish ma'nosida qo'llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko'chirib yozish qo'l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O'sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o'qishni bilish talab qilingan bo'lsada, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog'oz kashf bo'lgunga qadar O'rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo'lyozma shakllarini tarqatishgan.



6
Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog'liq bo'lib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo bo'lgan. Shumer xonligidagi kutubxona xodimlari loy tablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko'p) ana shunday loy tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo'lgan kutubxonalar jamg'armasidan o'ziga kerakli tablichkani topishning o'zi bo'lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki savatni alohida o'ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydala-nuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo'lib kutubxona katalogi ko'rinishida o'z kutubxonasida maxsus tablichka ko`rsatkichlarni qo'llash bilan katalog shaklidagi bibliografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob saqlash muassasalariga bo'ysungan. O'sha vaqtda Jenevada mavjud bo'lgan kutubxona katalogi haqidagi ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurbanipalga qarashli bo'lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha o'n ming dona loy tablichkalaridan iborat kutubxona bo'lib, adabiyotlar, asosan, o'sha davrga xos grammatika, she'riyat, tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan yaratilgan.
Qadimgi Misrdagi Edfu shahrida ,,Papirus uyi“ nomli ku-tubxona bo'lgan. Uning binosi hozirgacha saqlanib qolgan va qo'lyozmalarning birortasi ham yo'qolmagan. Bizgacha yetib kelgan katalog yordamida kutubxona fondi haqida to'la ma'lumotga ega bo'lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat: har ikkala qismda turli masalaga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2- qism 22 ta qutidagi adabiyotlar mazmuni haqida ma'lumot beradi.

7
Miloddan avvalgi III asrda Ellinistik Misrda Aleksandriya kutubxonasi turli tildagi milliondan ortiq hujjatlar to'plangan zamonasining gullab-yashnagan kutubxonasi edi. Uning kutub-xonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko'ra tarixiy-adabiy va bibliografik ish deb tan olingan va mashhur bo'lgan, ammo bizgacha saqlanmagan ,,Bilimning hamma sohasida sharaf topganlarning jadvali“ni tuzgan edi. U haqda materiallar yetib kelgan. Unga ko'ra, bu bir tomondan Aleksandriya kutubxona-sining 8 dan 1 qismini aks ettirgan, ikkinchidan, Kallimaxga ma'lum bo'lgan o'sha vaqtdagi birinchi manbasining qayerda saqlanishidan qat'i nazar grek adabiy asarlari va mualliflar haqidagi biografik ma'lumotlarni bergan. Kallimax jadvali o'zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo'nalishini aks ettirgan: 1.Tarixan birinchi va bibliografik axborotning aniq kutubxona fondi bilan bog'liq katalogi. 2. Tasvirlangan hujjatlarning aniq saqlanish joyiga bog'liq bo'lmagan hujjatlar haqida (bu yo'nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma'noga ega emas edi).
Tadqiqotchilarning e'tiroficha, dastlabki bibliografik qo'l-lanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo'lsa-da, shu ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga o'xshagan bibliografik ko'rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I asrda Xitoyda ,,Si lyue“ (,,Yetti rezyume“) nomi bilan paydo bo'ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o'rta asrlarda Yevropada kitob bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida to'g'ri ma'lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining biblio-grafiya bo'yicha ilmiy tadqiqot bo'limining bosh ilmiy xodimi, mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning tadqiqotlaridan olish mumkin. Uning 1979- 1982-yillarda o'tkazgan tadqiqotiga ko'ra:
1. Vizantiyada aniqlangan barcha yodgorliklarni to'la yoki qisman bibliografik apparatga ega bo'lgan qo'llanma deb hisoblash mumkin.
2. O'rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bo'lib, o'sha davrdagi bibliografiya qadimgi grek va ellinistik bibliogra-fiyaning yangi tarixiy jarayondagi davomi edi.
3. O'sha davr bibliografiyasi uchun keyinchalik kitob bosish ishi paydo bo'lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarak-terli bo'lib qoldi.
4. Bibliografik matnlarni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki; bibliografik yo'llanmalar (ssilkalar) mualliflarni ko'rsatishda va aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko'rsatishda qo'llanilgan.
5. Birinchi rus bibliografik yodgorligi 1073-yil yaratilgan yolg'on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro'yxati edi.

8
Antik madaniyat o'lishi bilan bibliografiya tushunchasi ham yo'qolib ketdi va keyin yana qaytadan boshqacha sharoitda, boshqacha ma'noda, ya'ni kitob boyliklarini tavsiflash ma'nosida qo'llanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevro-pada kitob bosishning boshlanishi va axborot madaniyatining poligrafik davri bilan bog'liq. Bu vaqtli matbuot nashrlari, bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat bibliografiyasi manbasi bo'lmish majburiy nusxalar va to'plamlar, nashriyot va kitob savdosi tashkilotlarining bosma kataloglari va boshqa bibliografik mahsulotlarning paydo bo'lishida ko'rinadi. Bibliografiya fani hayot taqozo etayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan amaliy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bog'liq, bir-birini boyitadi va nisbatan o'z mustaqilligini himoya qiladi.


Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling