Mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat). Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi


Download 87.6 Kb.
bet7/13
Sana31.01.2024
Hajmi87.6 Kb.
#1829338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
5-mavzu (1)

Bilish faoliyat turi sifatida. Insonning o‘zini qurshagan dunyoni tushunib etishi muhim falsafiy muammolardan biridir. Mohiyat e’tibori bilan, dunyoni bilish mumkinmi, degan masala dunyoning inson ongida aniq va to‘liq aks etish, insonning bu dunyoda ongli va erkin mo‘ljal olish va faoliyat olib borish imkoniyati to‘g‘risidagi masaladir.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. Bilim - inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma'lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va undan odamlar amaliy faoliyatining ideal rejasi sifatida foydalanadi. Bilimsiz (oddiy, ilmiy, badiiy va boshqa bilimlarsiz) dunyoning manzarasini shakllantirish mumkin emas. F.Bekon shu munosabat bilan bilim kuchdir deb ta’kidlagan edi. Bilimni Gegel ta’biri bilan aytganda faqatgina sub’ektiv tasavvur, erkin mulohaza, tasavvur mahsuli bo‘lgan fikrdan farqlay bilish lozim. Insonning dunyoni bilishga intilishining mohiyati u aniq yoki noaniq bilimlarni faol va izchil izlashi va ularni olishidan iborat. Falsafaning bilish muammolari ko‘rib chiqiladigan bo‘limi gnoseologiya yoki bilish nazariyasi deb ataladi. Insonning dunyoni bilish jarayonini boshqa fanlar - mantiq, psixologiya, sotsiologiya ham o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi.
HISSIY, EMPIRIK, NAZARIY, MANTIQIY VA INTUITIV BILISH
DARAJALARI
Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim - hissiy bilimlardir. Sezgi a’zolari yoki narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etishi natijasida olingan bilimhissiy bilamdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi va idrok. Bilish faoliyatida sezgi - narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. Sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Forobiy bilishning ikki shakli - hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in’ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin1 deb qayt etadi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o‘xshash.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. SHu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta’m bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi.
Har qanday predmet juda ko‘p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand bo‘lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit holda - qand bo‘lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok etishning ob’ektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning ko‘p sonliligi tashkil etadi.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi. Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir emas.
Sezgi - ob'ektiv dunyoning sub'ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo‘nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob’ektiv mavjud xususiyatlari in’ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub’ektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga narsalarning har xil xossalari mos kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko‘rish doirasidagi to‘lqinlar barcha uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo‘shimcha ranglar har qanday juftligi (qizil va ko‘k-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi. Bundan oq rang to‘lqin yoki narsa yuzasining ob’ektiv xossasi sifatida qaralishi mumkin emas, degan yanglish xulosa chiqariladi. Qora rang to‘lqin xossasi emas: uning sharti - ko‘rish doirasida nurlanishning yo‘qligi. To‘lqin yo‘q narsa haqida axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib chiqadi: rang, hid - bu narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max); «rang» so‘zi bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostvald). Dunyo esa ovozsiz, bo‘yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. Bularning hammasi - faqat bizning sezgilarimiz.
Bu erda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi. Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning haroratisi va boshqa xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, har bir metall olovni o‘z rangiga bo‘yaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida o‘z rangini kasb etadi. Qor ko‘zimizga oq bo‘lib ko‘ringani uchun oq emas, balki u amalda oq bo‘lgani uchun ham biz uni shunday ko‘ramiz. Mexanitsistlar va sub’ektivistlarning narsa unga qarayotganimizdagina rangga va uni hidlayotganimizdagina hidga ega bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘z o‘zining rang sezadigan apparati bilan o‘zi idrok etuvchi rang mavjud bo‘lgani tufayli yuzaga kelgan va mavjud.

Download 87.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling