Mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat). Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi
Download 87.6 Kb.
|
5-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Empirik bilim va uning shakllari
Xotira, xayol va tasavvur. Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi a’zolariga ma’lum vaqt mobaynida ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngra bu ta’sir barham topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz yo‘qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va saqlanib qoladi. Binobarin, biron-bir narsa haqida u yo‘qolganidan keyin ham fikr yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur qoladi. YUmiq ko‘zlar bilan ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in’ikosi bo‘lishi mumkin. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir. Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi. Kuzatish - bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi. Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish - bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faol shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim. Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko‘pchilik e’tibor bermaydigan muhim jihatlarini ko‘rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san’atdagi novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo‘lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o‘tkazish orqali faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model ustida o‘tkaziladigan fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir. Download 87.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling