Mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat). Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi
Download 87.6 Kb.
|
5-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy bilim
- Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi
SHaxsiy bilim. Bilim shakllari to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, M.Polani tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy bilim konsepsiyasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Olim o‘z konsepsiyasini tuzishda bilim - anglash mumkin bo'lgan narsalarni faol o‘zlashtirish, alohida mahorat va alohida vositalarni talab qiluvchi harakat, degan tamoyildan kelib chiqqan. Madomiki fanni odamlar yaratar ekan, bilish faoliyati jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi shu jarayonning o‘zi kabi) odamlardan ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog‘i, o‘z qiziqishlari, maqsadlari va mo‘ljallariga ega bo‘lgan olimlarni) ular yaratayotgan bilimlardan ajratib yoki boshqa odamlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy bilim asosan o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‘ljal oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan o‘rganiladi. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi bu erda tabiiy-matematik siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq bilimning matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq tus olib bormoqda. «Inson borlig‘i», ijtimoiy bilim predmeti sifatida, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lganligi tufayli, unda matematik apparatdan foydalanish ancha mushkul. Bu sohaga matematik metodlarni tatbiq etishga ijtimoiy ob’ektlarning o‘ta individualligi (va hatto betakrorligi), sub’ektiv (shu jumladan sof irratsional) jihatlar doimo mavjudligi, nazorat qilib bo‘lmaydigan, tasodifiy munosabatlarning ko‘pligi, ma’nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar xalaqit beradi. Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan dalolat bermaydi. Bu borada toq to‘plamlar nazariyasiga katta umid bog‘lanmoqda. Toq to‘plamlar deganda chegaralari aniq bo‘lmagan to‘plamlar tushuniladi, bunda elementlarning mazkur to‘plamga mansubligidan unga mansub emasligiga o‘tish keskin emas, balki asta- sekin yuz beradi. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan insonni bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sub’ektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning ob’ektivligi, haqiqatning sub’ektdan mustaqilligini e’lon qilinganda namoyon bo‘ladi. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish sub’ektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha ob’ektivlikka xalaqit bergan, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni sub’ektning ob’ektga ta’siri muammolari, anglab etilayotgan ob’ektga sub’ektivlikning ta’siri yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Sub’ekt - bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Sub’ekt - bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan individ. Sub’ekt - bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po‘stlog‘ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg'ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o'zining alohida jihati - o‘zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu ob’ekt bo‘ladi. Sub’ekt negizi butun ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etuvchi murakkab ierarxiyadan iborat. Pirovard natijada bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi - butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo‘lmagan birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o‘z madaniyatida qayd etiladigan me’yorlar, g‘oyalar va qadriyatlarni yaratib, asrdan asrga bilish faoliyatining alohida sub’ekti sifatida o‘tib keladi. U tabiat hodisalari, hayvonlar yoki o‘simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va urf-odatlari haqida ma’lumotlar to‘playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg‘uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar yaratishdan iborat bo‘lgan individlarning tarixiy guruhlari ajratiladi. Xususan, sub’ekti olimlar hamjamiyati bo‘lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste’dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o‘rin tutadi. Bu odamlarning ismlari tarixda ilmiy g‘oyalar evolyusiyasidagi buyuk bosqichlar ramzi sifatida saqlanib qoladi. Bilishning haqiqiy sub’ekti hech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lmaydi: u o‘z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik, qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik shaxs. Biroq ko‘pincha bilish sub’ekti deganda intellektual faollikning qandaydir shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi. Sub’ektning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat sub’ektning ob’ektga nisbatan, balki o‘ziga, o‘z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya’ni tadqiqotchilik faoliyati shartlari, usullari, me’yorlari va metodlarini bilishi, an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi. Borliqning muayyan parchasi izlanayotgan tafakkur diqqat markazidan o‘rin olgach, bilish ob’ektini tashkil etadi, sub’ekt bilan «sub’ekt - ob’ekt» munosabatlariga kirishib, ma’lum ma’noda sub’ektning «mulki»ga aylanadi. Binobarin, sub’ektning ongiga bog‘liq bo‘lmagan o‘zicha borliq va sub’ekt bilan yuqorida zikr etilgan munosabatga kirishgan borliq mavjud. U go‘yo sub’ektni o‘zini bilishga da’vat etadi. Bir so‘z bilan aytganda, sub’ekt bilan munosabatga kirishgan ob’ekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab etilgan, ya’ni ong - o‘zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu ma’noda bilish ob’ekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi. Ob’ekt - bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (o‘rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog‘liq narsa va hodisalar ham ob’ekt bo‘lishi mumkin. «Ob’ekt» tushunchasini ob’ektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va genetikada o‘rganish «ob’ekti»ga aylanishidan oldi ham ob’ektiv mavjud bo‘lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o‘rganish «ob’ektlari»ga aylangan. Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati bilan ham bog‘liq. Bilish faoliyatida sub’ekt ob’ektsiz, ob’ekt esa - sub’ektsiz mavjud bo‘lmaydi. Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo‘lgan holda, nafaqat antik davrda, balki J.B.Lamark va CH.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur ob’ekti bo‘lmagan. Olimlar bu ko‘zga ko‘rinmas biologik borliqni ma’lum vaqtgacha o‘z bilish faoliyatining ob’ekti sifatida aniqlay olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganidan so‘ng muvaffaq bo‘lindi. YOki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o‘n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini tadqiqot ob’ektiga aylantirish imkonini berdi. Download 87.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling