Mavzu: Bilish nazariyasi. Axloqiy qadriyatlar


Download 119.99 Kb.
bet11/13
Sana26.03.2023
Hajmi119.99 Kb.
#1296222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bilish nazariyasi.Axloqiy qadriyatlar

GLOBAL KORRUPSIYA

  • Korrupsiya – (lotincha so'zdan olingan bo'lib, corruptio – pora berib sotib olish, buzilish ma'nolarini anglatadi) mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik maqsadida uning rasmiy lavozimidan bevosita foydalanish. Bir qator mamlakatlarda keng tarqalgan xavfli ijtimoiy hodisa.
  • Meriam-Vebster lug'atida «Noqonuniy yoki noqonuniy vositalar orqali halollikni, qadr-qimmatni va axloqiy tamoyilni buzilishiga olib kelinishi»dir.
  • Korrupsiya so'zi asli lotincha “corruptio” so'zidan olingan bo'lib, “evrilish”, “buzilish” degan ma'nolarni anglatadi.
  • Milliy qonunchiligimizda, jumladan, O'zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni 3-moddasida, korrupsiyaga quyidagicha ta'rif berilgan.
  • Korrupsiya — shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
  • Demak, keng ma'noda korrupsiya deganda bu mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchilarining nafaqat poraxo'rlik jinoyatlariga oid qilmishlari, balki, o'zlarining mansab yoxud xizmat mavqeini suiste'mol qilib shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida siyosiy homiylik, mahallilichilik, “tanish-bilish”chilik, urug'-aymoqchilikka yo'l qo'yishlari ham nazarda tutiladi.
  • Olib borilgan ilmiy izlanishlarga qaraganda, korrupsiya rivojlangan jamiyatlarda uning quyidagi turlari tez-tez uchraydi:
  • – Maishiy korrupsiya, asosan mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining kundalik ish faoliyatida fuqarolar bilan munosabatlarida manfaatlar to'qnashadi;
  • – Ishbilarmonlik korrupsiyasi, bu hokimiyat vakillarining tadbirkorlik sub'ekt (biznesmen)lari bilan munosabatlarida uchraydi;
  • – Oliy hokimiyat organlari korrupsiyasi, bu demokratik jamiyatlarda siyosiy hukmron doiralar hamda odil sudlov tizimi faoliyatida ko'zga tashlanadi.
  • Bundan tashqari, amaliyotda korrupsiyadan boyish manbalari ham mavjud bo'lib, bularga:
  • 1. Yirik investision loyihalar (asosan, katta pora evaziga horijiy korporasiyalarga tanlovda “g'olib” bo'lib, ichki bozorda monopol savdo qilish huquqi beriladi);
  • 2. Davlat xaridlari (qoida bo'yicha, mansabdor shaxs davlat nomidan vakil sifatida ochiq tanlovda eng yaxshi tijoriy taklif bilan g'olib chiqqan tijorat tashkiloti bilan shartnoma tuzadi, ammo, katta pora evaziga tanlovlar haqidagi ma'lumotlar oshkor etilmaydi hamda oldindan kelishilgan tijorat tashkiloti bilan summasi sun'iy oshirilgan "otkat" shartnoma tuziladi).
  • Bugungi kunda BMT va mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa Kengashi hujjatlarida korrupsiya uchinchi shaxslar maqsadlari uchun shaxsiy manfaat uchun hokimiyatni su'iste'mol qilish deb ta'riflanadi.
  • Korrupsiyaning kengroq tushunchasi AQSh qonunchiligida qo'llaniladi. U Qo'shma Shtatlar ichida ham, tashqarisida ham jismoniy shaxslarni emas, balki yuridik shaxslarni, davlat va xususiy tuzilmalarni o'z ichiga olgan noqonuniy xatti-harakatlarni o'z ichiga oladi

Download 119.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling