Mavzu: Biokimyo faniga hissa qo’shgan o’zbek olimlari Reja: 1 Biokimyo fani va uning sohalari


Biokimyo fanining rivojlanish tarixi


Download 472.35 Kb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi472.35 Kb.
#1396892
1   2   3   4
Bog'liq
Lapasov Murodilla

Biokimyo fanining rivojlanish tarixi. Biokimyo biologiya va kimyo fanlari oralig‘idagi bir soha bo‘lganligi uchun, u shu ikki fanning ma'lumotlari va g‘oyalariga asoslanadi. Biokimyo alohida fan sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma'lum rivojlanish bosqichida paydo bo‘lgan. Biokimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashxur fransuz olimi Lavuaze (1743—1794)ning XVIII asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning roli haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi «yonish» hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keladi. Lavuaze bu reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo‘ladi degan xulosaga kelgan edi.
Biokimyoning boshlang‘ich tarixi organik kimyoning paydo bo‘lishi va kimyogarlarning o‘simlik hamda hayvonlardan turli moddalarni ajratib olishdagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq. Ma'lumki, bu ishlar Vyoler (1800—1882) tomonidan tanada azot almashinuvining oxirgi mahsuli siydikchil (mochevina)ni sintez qilishdan boshlandi: Bu muhim kashfiyot tufayli hayvon mahsulotlari tabiatdan tashqari qandaydir kuchlar ta'sirida paydo bo‘ladi, deb da'vo qilib kelgan vitalizm nazariyasiga qattiq zarba berildi va shu bilan organik kimyo tarixining birinchi sahifalari ochildi. Ana shu davrda Libix (1803—1873) bar­cha o‘simliklarning oziq manbai plastik ahamiyatga molik bo‘lgan oqsil, uglevod, yog` va mineral moddalardan tashkil topishini qayd etdi.
Organik kimyoning bundan keyingi erishgan yutuqlari, xususan, Shevrel (1786—1889) tomonidan yog‘lar tuzilishining o‘rganilishi, rus olimi A. M. Butle­rov (1828—1886) va nemis olimi Emil Fisher (1852—1919)ning uglevodlar, Kossel (1853—1927) va Fisherning nukleoproteidlar hamda oqsillar ustidagi ishlari oziq moddalar va hujayralarning tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida o‘simliklar va hayvonlar fiziologiyasini o‘rganishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi: fiziologik tadqiqotlarda organizmning kimyoviy tarkibiy qismlari va ulardagi kimyoviy jarayonlarni tekshirish ishlari ko‘lami kengayib bordi. Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1822—1895) achish jarayonining tabiatini, I. P. Pavlov (1849— 1936) hayvonlar oziqlanishining fiziologiyasini, K. A. Timiryazev (1843— 1920) o‘simliklardagi fotosintez jarayonini o‘rganishi bunga misol bo‘la oladi. Byuxner (1860—1917) achish bilan borliq hodisalarni tekshirib, hayot jarayonlarining haqiqiy tezlatuvchilari — hujayraning katalizatorlari bo‘lgan fermentlar (enzimlar ) to‘g‘risida hozirgi zamon konsepsiyasini yaratdi. Ovqatlanish va ovqat moddalar tarkibida qandaydir noma'lum omillarning yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarni tekshirish asosida vitaminlar haqidagi ta'limot paydo bo‘ldi.

Download 472.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling