Mavzu: Biokimyo faniga hissa qo’shgan o’zbek olimlari Reja: 1 Biokimyo fani va uning sohalari


Biokimyo fanida qo`lga kiritilgan yutuqlar


Download 472.35 Kb.
bet4/4
Sana25.04.2023
Hajmi472.35 Kb.
#1396892
1   2   3   4
Bog'liq
Lapasov Murodilla

Biokimyo fanida qo`lga kiritilgan yutuqlar. So‘nggi yillarda biokimyoning bir qancha sohalarida ajoyib muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritildi. Jumladan, biologik makromolekulalarning ikki asosiy sinfi — oqsillar va nuklein kislotalarning strukturasi, biologik sintezi va funksiyasi aniqlandi, bu biologiya va umuman, fan, amaliyot uchun alohida ahamiyatga ega. Shu sohaga oid birinchi ishlar Sendjerning oqsil gormon — insulin tarkibida aminokislotalarning tartibini to`la o‘rganishi va Dyu Vino tomonidan gipofizning orqa qismida ishlab chiqariladigan gormonal oktapeptid (sakkizta aminokislotadan tuzilgan peptid) strukturasining bevosita sintez yo‘li bilan aniqlanishi bo‘ldi. Bundan 10—15 yillar avval juda murakkab bo‘lib ko‘ringan bu muammoning kutilmagan darajada tez hal qilinishi oqsillarni tekshirish usullarining takomillashtirilishi bilan bog‘liq edi. Bu usullar orasida qog‘oz va kolonka xromatografiyasi, ion almashtiruvchi smolalardan foydalanish, materiallarni avtomatik analiz qilish va fraksiyalarni alohida-alohida ajratib olish, to‘plash asboblaridan birgalikda foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Bu texnika aminokislotalarning tarkibini to‘la aniqlash imkoniyatini yaratadi (Steyn va Mur) ko‘p vaqt o‘tmay, yana ham murakkab oqsillar — ribonukleaza fermenti, tamaki mozaikasi virusining oqsili, muskul gemoglobini mioglobin va bir qator boshqa faol proteinlarning aminokislota tartibini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Shu bilan birga, oqsil va nuklein kislotalarning fazodagi ikkilamchi strukturasini aniqlash usullari ham belgilandi. Shunday qilib, uch xil asosiy biologik faol oqsil molekulalar — ferment, gormon va viruslarning tuzilishiga oid juda ham muhim ma'lumotlar olindi.
Hozirgi kunda kimyoning boshqa rivojlangan sohalari bilan bir qatorda bioorganik kimyo sohasi ham yaxshi taraqqiy etmoqda. Bu soha vakillari o‘zining faoliyati va ilmiy ishlari bilan jahon olimlariga tenglasha oladi. Bunga misol sifatida, O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti Bioorganik kimyo bo‘limi laboratoriyasida olib borilayotgan ishlarni ko‘rsatish mumkin. Ushbu institutning bioorganik kimyo bo’limi Polifenollar laboratoriyasi quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda Polifenol (shular qatorida gossipol), terpenoid (diterpenoidlar, triterpenoidlar) tabiatiga ega bo‘lgan quyi molekulyar bioregulyatorlarni ajratib olish va tuzilishini aniqlash, kimyoviy modifikatsiya, tuzilish - funksional tahlil, maqsadli sintez qilish. Ular asosida keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan dori vositalarini yaratish va tibbiyot amaliyotga tatbiq etish. - glitsirrizin, glitsirret kislotalari va ular hosilalari supramolekulyar kimyosi fundamental asosi, ularning fizik kimyoviy xossalarini har xil sharoitlarda va tuzilishining o‘ziga xosligini o‘rganish.
O’zbekistonda uchraydigan 3600 dan ortiq o’simlikda
2000 dan ortiq alkoloidlarni aniqlagan.
O’zbekiston FA o’simlik moddalari kimyosi institutiga asos solgan va o’simlik moddalari kimyosi maktabini yaratgan.
Biokimyonng boshlang’ich tarixi organic kimyoning paydo bo’lishi va ximiklarning o’simlik hamda hayvonlarning turli moddalarni ajratib olishdagi muvaffaqiyatiga bog’liq..!
1.3. Biologik kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog`lanishi. Biologik kimyo fanining kimyo fanlari bilan, ya’ni fizik kimyo bilan umumiylik juda ko`p. Bu ayniqsa, ularning tabiiy moddalarni o`rganishda qo`llaniladigan usullari uchun taalluqlidir, ammo biologik kimyo va kimyo fanlari oldida turlicha vazifalar turadi. Organik va fizik kimyo fanlarini ko`proq kimyoviy birikmalarning tuzilishi va xossalari, masalan ularning elektron ctrukturalari, bog`lanish tabiati va ularning hosil bo`lish mexanizmi, izomeriyasi, konformasiyasi va boshqalar qiziqtiradi. Biologik kimyo uchun esa barcha kimyoviy moddalarning biologik (funksional) vazifalari va tirik organizmdagi fizik-kimyoviy jarayonlar, shuningdek turli kasalliklarda bu vazifalarning buzilish mexanizmlarini tushunish asosiy vazifa bo`lib hisoblanadi.
1. Gomogenlash.
2. Ultrasentrifugalash.
3. Ekstraksiya.
4. Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya).
Biokimyo labaratoriyada tekshirisg usullari
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, kelgusida biokimyo fani insoniyat uchun hojati zarur sohaga aylanishiga shubha yo’q. Jahon ilm-fanining muttasil rivojlanishi insoniyat ongi va tafakkurining taraqqiyoti uchun keng yo’l ochib, uni ezgulik sari ilhomlantirib keldi. Har bir millat va xalq ilm-fanini va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish orqali jahon fani va madaniyati rivojiga o’z ulushini qo’shadiShuma’noda, ilm-fan rivoji u yoki bu mintaqada yashayotgan xalq va millatning ilg’or olimlari hamda tadqiqotchilarining, alohida iqtidorli shaxslarning ilmiy salohiyati darajasiga, ularning ilm-fan sohasidagi fidoyiligi, jasorati va matonatiga bog’liq bo’ladi. Tabiatshunoslik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlarni zamon talabi darajasida rivojlantirib borish bilan birga o’z ilmiy-tadqiqotlari natijalarini yosh avlod ongiga singdiradigan olimlar, yirik mutaxassislarning faoliyati alohida hurmatga loyiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Sh.M. Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. “O’zbekiston” 2017-yil.
2.Volkenshteyn.M.B. “Biofizika”. Moskva. Nauka. 1981-yil.
3. To’raqulov Y.X. “Bioximiya”. Toshkent. O’zbekiston nashriyoti. 1996-yil.
4. Иванский Г.Р, Яш глазами биофизика. M: Педогогика. 1985
5. Raxmatov N.A, Mahmudov T.M, Mirzayev S. “Biokimyo”. Toshkent. “Ta’lim nashriyoti”. 2009-yil.
6. Obidov O.O, Jo’rayeva A.A, Malikova G.Y. “Biokimyo”. Toshkent. “Ta’lim nashriyoti” 2011-yil.
Download 472.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling