Mavzu: Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari
Gen muhandisligi, genetik oʻzgartirilgan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlar ustidan davlat nazorati hamda boshqaruvi
Download 42.45 Kb.
|
2k. 10-ma`ruza
Gen muhandisligi, genetik oʻzgartirilgan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlar ustidan davlat nazorati hamda boshqaruvi. Rivojlangan gen-muhandislik infratuzilmasiga ega bo‘lgan barcha mamalakatlarda hozirgi vaqtda o‘zining zamonaviy biotexnologiya va biomuhandislik bo‘yicha amalga oshiruvchi ishlarni huquq va me’yorini belgilab beruvchi qonunlari va boshqa davlat hujjatlari qabul qilingan. Bunday xujjatlarni tayyorlashda ko‘pchilik mamalakatlarda BMT, FAO va boshqa xalqaro birlashmalar tomonidan tayyorlangan xalqaro talablar asos qilib olingan. Shuning uchun ham, bunday qonun va qonun ostidagi hujjatlar har-xil mamlakatlarda qabul qilinganligiga qaramasdan, bir-birlariga juda o‘xshab ketadi. Qonunlarda u yoki bu mamlakatda gen-muhandislik faoliyatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi hamda xavfsizlik tizimining asosiy vazifalari belgilangan. Masalan, Rossiyada 1996-yil 5-iyunda qabul qilingan “Gen muhandisligi faoliyatida davlat boshqaruvi haqida” deb atalgan qonunda 4 bosqichdan iborat taxminiy xavf borligi va shuning uchun ham gen muhandisligi bo‘yicha ish olib borayotgan xodimlar bu qonun doirasida ish yuritishga majbur ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan:
Birinchi bosqich (xavf) - inson salomatligiga zarar yetkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar bilan ishlash xavfiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi bosqich - inson salomatligiga uncha ko‘p bo‘lmagan (jiddiy bo‘lmagan) xavf keltirib, u shartli patogen mikroorganizmlar bilan ish olib borayotgan xodimlar uchun tug‘iladigan xavfga to‘g‘ri keladi. Uchinchi bosqich - xavf sekin asta, ammo doimiy ravishda xavf solib kelayotgan ishlarga to‘g‘ri kelib, uni xavfi yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atadigan mikroorganizmlar bilan ishlashga tengdir. To‘rtinchi bosqich - xavf inson organizmi uchun juda xavfli bo‘lib, uning ko‘rsatkichi o‘ta xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadigan mikroorganizmlar bilan ishlayotgan xodimlar xavfiga tengdir. Ochiq tizim sharoitida gen-muhandisligi uchinchi va to‘rtinchi bosqich xavfiga to‘g‘ri keladi. Ushbu qonun gen-muhandislik muammolari bilan shug‘ullanadigan xodimlar oldiga maxsus talablar qo‘ygan: Birinchisi - majburiy mutaxassislik, tayyorgarlik va genmuhandislik faoliyatiga to‘g‘ri keladigan salomatlik holati; Ikkinchisi-tajriba olib boriladigan xonalarni qoida talablariga to‘g‘ri kelishi; Uchinchi-xavf bilan ishlaydigan ishlar uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi shart. Qonunda gen muhandislik mahsulotlarini standartlash va sertifikatsiyalashdan o‘tkazish bo‘yicha talablar aniqlangan. Bunday mahsulotlar ekologik xavfsizlik talablariga, sanitariya me’yorlariga, farmakologiya bandlariga hamda davlat standartlash talablariga to‘liq javob berishlari kerak. Gen muhandislik usullari bilan modifikatsiya qilingan organizmlardan olingan mahsulotlar va bu beriladigan xizmatlar albatta sertifikatlangan bo‘lishi, ular albatta sifat sertifikati va o‘xshashlik belgisiga ega bo‘lishi shart. Biologik xavfsizlik ustidan Davlat nazorati shuningdek, genetik modifikatsiya qilingan va boshqa biologik obyektlardan yangi oziqa mahsulotlari, materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ham qamrab oladi. AQSh biotexnologiya, xususan, biomuhandislik bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Eng avvalo bunday holat gen muhandisligi, biomuhandislik borasidagi ilmiy hamda ilmiy ishlab chiqarish ishlarini Davlat tomonidan kuchli muhofazasida ekanligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatda gen modifikatsiya qilingan organizmlardan ishlab chiqarishda foydalanish bo‘yicha kongress qonunlari va prezident farmon va farmoyishlari qabul qilingan. AQShda ekiladigan soyaning yarmi, makkajo‘xorining 1/4 qismini transgen o‘simliklar tashkil etadi. AQSh genetik modifikatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. AQShning gen modifikatsiya qilingan organizmlarni yaratish va ulardan foydalanishni Davlat tomonidan nazorat qilish tizimi boshqa mamlakatlardan (masalan, Rossiyadan) tubdan farq qilmasada o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari bor. AQShda genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uch vazirlikka, ya’ni Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi va Ekologiya vazirliklari javobgarligiga topshirilgan. Bunday organizmlarni ro‘yxatga olish yoki olmaslikni aytib o‘tilgan vazirliklarning har-biri mustaqil ravishda, bir-birlarining ishlariga aralashmasdan hal qilishlari mumkin. AQShning Qishloq xo‘jalik departamenti (USDA), uning veterinariya va o‘simliklarni himoya qilish (APHIS) inspeksiyalari tasdiqlangan shartlar va tartiblarga binoan (notifikatsiya), genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni shtatlar orasida yuritishiga, ularni importi yoki atrof-muhitga chiqarish haqida ruxsat beradi. Bu shartlar AQShda 1993-yilda ishlab chiqilgan va hozirgacha o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. AQShda biotexnologiya va biomuhandislik bo‘yicha aniq va ravshan me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida ishlab chiqarilishi va ularni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlanishi, mamlakatda bu sohani rivojlanishiga olib keldi. AQShda biomuhandislikni bosh yo‘nalishisoya, g‘o‘za, makkajo‘xori, qand lavlagi, kartoshka, pomidor, raps va boshqa o‘simliklarni raundap (glifosat) nomli gerbitsidga, zamburug‘ kasalliklariga va hasharotlarga chidamli bo‘lgan navlarini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bu mamlakatda bug‘doyning virusli kasalliklariga chidamli gibrid navlarini yaratish bo‘yicha faol ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Chidamli gibridlar va navlar yaratish bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida joylashgan “Monsanto” firmasi erishgan. Bu firma mahsulotlari butun jahonga yaxshi tanishdir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, AQSh fermerlari gibridlarni ekish, ulardan hosil olish, urug‘larini yoki ulardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish bo‘yicha hech qanday muammoga duchor bo‘lmaydilar. Gibridlardan foydalangan fermerlar gerbitsid va pestitsidlarga ketadigan xarajatlar hisobidan juda katta foyda topadi. AQShda genetik modifikatsiya qilingan va gibridlardan olinadigan oziqa mahsulotlarini maxsus belgilar bilan belgilab qo‘yish bo‘yicha qarorlar qabul qilinmagan. Xaridorlarning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda, belgilarni hohlagan vaqtda, hohlagan sotuv tarmoqlarida qo‘yish mumkin. AQShda biotexnologiya bo‘yicha maxsus targ‘ibot markazi tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu markazning asosiy vazifasi eng yangi axborot tizimidan foydalanib, biotexnologiya va biomuhandislik bo‘yicha axborotlarni izlash, yig‘ish va saqlashdan iboratdir. AQShda biotexnologiyani rivojlantirish bo‘yicha Milliy qo‘mita va genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni baholash bo‘yicha ekspert kengashi ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, AQSh hukumatida biotexnologiya muammolari va yutuqlarini muhokama qilish, bu sohaga yordam ko‘rsatishda Milliy strategiya ishlab-chiquvchi maxsus komissiya faoliyat ko‘rsatadi. Bu komissiyaning a’zolari qilib, qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, mudofaa, energetika vazirlari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar komiteti raislari, ekologiya agentligi rahbari, milliyilmiy fond direktori, qator ilmiy tekshirish institut direktorlari, har-xil departamentlarning bo‘lim boshliqlari hamda biotexnologiya sohasi bo‘yicha yirik olimlar kiritilgan. Komissiya, hukumatning biotexnologiya va biomuhandislik bo‘yicha dastur va umumiy faoliyatini o‘rganib, kerak bo‘lganda mamlakat Prezidenti hamda kongressga o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqish huquqiga ega. AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda biologik xavfsizlik bo‘yicha xalqaro Kartogen Protokoliga asosan (Cartogena Protocol of Biosafety) hamda Monrealdagi biologik xilma-xillik konvensiyasi doirasida genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni transportirovka, marketing qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha kelishuv tayyorlanishi va rotifikatsiya qilishi lozim. Amerika va Yevropaning qator mamlakatlarida genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni ko‘pgina o‘simlik va hayvonlar mahsulotlarini harakatini nazorat qilish tizimini monitoring qilish bo‘yicha komissiya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Biotexnologiya va biomuhandislik ishlarida biologik xavfsizlikni ta’minlash borasida yagona xalqaro tizim tashkil etilsa va uni doimiy ravishda mukammallashtirib borish asosida zamonaviy talablarning sharoitlariga moslashtirib borib, barcha mamlakatlarda bir-biriga o‘xshagan qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinsa, chiqarilgan davlat hujjatlarini hayotga tadbiq etilishini nazorat qiluvchi va ularni amalga oshiruvchi tegishli tashkilotlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Download 42.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling