Mavzu: Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari


Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlikka taʼsiri


Download 42.45 Kb.
bet4/8
Sana21.11.2023
Hajmi42.45 Kb.
#1792598
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2k. 10-ma`ruza

Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlikka taʼsiri. Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashni eng asosiy bosqichlaridan biri - ularni sanitariya-gigiena ekspertizasidan o‘tkazishdir. Mamlakatimizda bunday markazlarga hozircha ehtiyoj sezilgani yo‘q. Bunga asosiy sabab, yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarning yo‘qligidir. Rossiyada bu vazifani Rossiya tibbiyot akademiyasiga qarashli Oziq-ovqat instituti bajaradi. Bunday ixtisoslashgan markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Fransiya, Kanada, Germaniya, Italiya, Xitoy) tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

  • birlamchi transgen o‘simliklarni kimyoviy tarkibini o‘rganish;

  • genetik modifikatsiya qilingan o‘simliklar va ulardan olingan mahsulotlarning biologik bahosini va organizmda so‘rilish xususiyatlarini taqqoslab o‘rganish;

  • ularni allergik xususiyatlarini va inson immun tizimiga ta’sirini o‘rganish;

  • ularni zaharliligini, konserogenligini va mutagenligini o‘rganish;

  • ularning inson va hayvonlarni avlod qoldirish xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish.

Bundan tashqari, Rossiyada genetik modifikatsiya qilingan organizmlarning biologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida, har bir yangi shtamm, tur yoki navlar Rossiya qishloq xo‘jalik akademiyasiga qarashli Fitopatologiya institutida va O‘simliklarni himoya qilish institutida hamda Rossiya Fanlar Akademiyasiga qarashli Biomuhandislik markazida sinovlardan o‘tkaziladi. Bu ilmiy markazlarning asosiy vazifalari:

  • o‘simlik genomiga kiritilgan DNK ni o‘rganish;

  • yangi kiritilgan gen boshqa organizmlarga o‘tish yoki o‘tib ketmasligini sinovlardan o‘tkazish;

  • mazkur xususiyatga ega bo‘lgan o‘simlikni keyingi avlodlarga o‘tish o‘tmasligini nazorat qilish;

  • yangi o‘simlikni kasallikka munosabati va tuproq mikroflorasiga ta’sirini o‘rganishdan iboratdir.

Genetik modifikatsiya qilingan organizmlardan olinadigan oziqovqat mahsulotlari, albatta, meditsina-biologiya baholash tizimidan o‘tkazilishi shart. Buning uchun, eng avvalo maxsus uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqarilishi lozim. Bunday uslubiy ko‘rsatmalarda gigiena ekspertizasidan o‘tkazish tartiblari va genetik modifikatsiya qilingan organizmlardan olingan mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari keltirilgan bo‘lishi zarur. Misol uchun, Rossiyada genetikmodifikatsiya qilingan organizmlardan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-gigienik, tibbiy-biologik, klinika sinovlaridan o‘tkazish uslublari yaratilgan bo‘lib, mamlakat Sog‘liqni Saqlash Vazirligi hamda tegishli adliya va huquq organlari tomonidan tasdiqlangan.

Download 42.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling