Mavzu: Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari
Download 42.45 Kb.
|
2k. 10-ma`ruza
Odob va kasbga doir muammolar. Biotexnologiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tekshirish guruhlari, hamisha kommersiya va ilmiy nuqtai – nazarlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan raqobat atmosferasida yashab ijod qiladilar. Fundamental fan bilan ishlab-chiqarish va kommersiya o‘rtasida ikkilanib turadigan holatni egallab turgan ilmiy xodimlar qator muammolarga duch keladilar: bir tomondan ilmiy xodimlar olgan ilmiy natijalarini tezroq chop etishga intilsalar, ikkinchi tomondan ular patent doirasida olingan natijalarni sir saqlashlari zarur. Shuning uchun ham hamkasblardan orqaga qolib ketmaslik maqsadida, ko‘pchilik ilmiy xodimlar davriy nashrlardan foydalanmaydilar. Boshqa bir xil ilmiy xodimlar o‘zlari olgan ilmiy natijalarni hamkasblaridan bekitishga harakat qiladilar (interferon haqida uzoq vaqt xabar bermaslik mana shunga misol bo‘la oladi).
Ilmiy tekshirish institutlari (Fanlar akademiyasi, universitetlar, ilmiy markaz, labarotoriyalar) bilan ishlab-chiqaruvchi yoki fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qiluvchilar orasida hamisha ham ochiqdan-ochiq fikr almashuvchilar bo‘lavermaydi. Buning uchun yangilik yaratgan olimni yoki uni targ‘ibot qilgan korxona yoki shaxsni qiziqishlarini himoya qiluvchi maxsus qonunlar yaratilmog‘i kerak. To‘g‘ri bunday holatlar xo‘jalik shartnomalari, shartnomalar yoki har ikkala tomonni vazifalarini belgilab beruvchi boshqa xujjatlarda aks ettiriladi, ammo bunday hujjatlar ma’lum bir vaqt chegarasida belgilanadi, masalan bir yilga, ikki yilga va h.k. Xo‘sh undan keyinchi? Ilmiy laborotoriyalarda yaratilgan texnologiyalarni ma’lum korxonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, uni yaxshilab o‘rganib olgan ba’zi bir shaxslar, har xil bahonalar qidirib topishi turgan gap. Bir tomondan institut yoki alohida olingan olim, ikkinchi tomondan kommersiya qiluvchi firma, tuzilgan kelishuvlar asosida bemalol g‘oyalar almashish mumkinmi? Albatta yo‘q, chunki bozor iqtisodi davrida o‘sib borayotgan raqobat mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Germaniya) biotexnologiya muammolari bilan shug‘ullanadigan universitetlar bilan ishlab-chiqarish korxonalari orasidagi o‘zaro aloqalarni belgilovchi ba’zi bir prinsiplar ishlab chiqilgan. Afsuski, bu masalada mamlakatimizda maxsus hujjatlar qabul qilinmagan. Shuning uchun o‘z –o‘zidan quyida keltirilgan muammolar kelib chiqishi muqarrar. Fanlar akademiyasining institutida, yoki universitetlarning ilmiy laboratoriyasida ishlab turgan ikki olim, bir vaqtda ikki kommersiya firmasiga maslahatchi bo‘lsa nima bo‘ladi? Yoki bir-biri bilan fikr almashib, yurgan ikki olim, bir-biriga raqobat asosida faoliyat yuritib kelayotgan ikki firmaga konsultantlik qilishsachi? Yoki ilmiy laboratoriyada yaratilgan yangilikni, yaratilishiga moliyaviy yordam ko‘rsatgan firma orqali patentlamoqchi bo‘lsa nima qilish kerak? Yangilik yaratgan olim, yangiligi uchun patent olgan, ammo ba’zi-bir sabablarga ko‘ra o‘sha universitetda ishlamasa-yu, universitet bu patentdan foydalanib, qo‘shimcha mablag‘ topsa, olim nima qilish kerak? Ko‘plab boshqa savollar javobsiz qolaveradi. Shuning uchun ham barcha hamkorlik haqida ilmgohda to‘la axborot bo‘lishi shart (biror bir firma bilan hamkorlik qilayotgan olim bu haqida o‘zini asosiy ishidagi hamkasblarini xabardor qilishlari kerak); faqatgina mana shu yo‘l bilan ilmiy izlanishlarni o‘ziga xos bo‘lgan xarakterlarini saqlash, hamda har xil muammo tug‘diruvchi tortishuvlarning oldini olish mumkin bo‘ladi. Bu joyda ham savol tug‘iladi: kim va qanday holatda bunday axborotni olishi kerak? Agar fakultet rahbarlari yoki institut direktorlari axborot yig‘ishga mas’ul bo‘lsalar, ular olgan axborotlarini boshqalarga yetkazishlari va shu orqali olimlarni qo‘shimcha qiziqishlarini uyg‘otishlari mumkinmi? (masalan Kaliforniya universitetida quyidagi odat qabul qilingan: sanoat kompaniyalaridan qo‘shimcha haq oladigan barcha ilmiy guruh bunday aloqani mazmunmohiyatini, oladigan qo‘shimcha haqni boshqa kompaniyalardan ko‘ra tuzukroq ekanligini asoslab berishlari shart. Shuningdek, ular o‘zlarining ilmiy loyihalarini universitet qo‘mitasiga tadbiq etishlari ham shart). Ishlab-chiqarish bilan universitetlar (ilmiy markazlar) orasidagi muammolar barcha fanlar uchun umumiy bo‘lsada, biotexnologiyada biroz o‘ziga xoslik kuzatilib turiladi. Fikrimizni dalili sifatida bir misol. Biologiya fanlari nomzodi N.M.Labutovani o‘z ilmiy kuzatishlari natijasida yozgan bir maqolasining mazmuniga murojaat qilamiz. Yaponiyalik olimlar qishloq xo‘jaligi uchun ajoyib bir biotexnologiyani ixtiro qilganlar. Bu biotexnologiyani asosida 80 dan ortiq mikroorganizmlar assotsiatsiyasi, shunga qarab ular iste’mol qiladigan oziqa muhitlari, mikroorganizmlarni bir-biriga zararsiz bo‘lgan miqdoriy munosabatlari va bir qator, faqatgina ixtirochilar biladigan “Nau-Xau” yotadi. Bu preparatni Rossiyani bir guruh “ishbilarmonlari” Moskvaning “Yem – texnologiya” deb nomlangan firmasi “Baykal” nomi bilan chiqarib, ishlab-chiqarishga tadbiq qilmoqchi bo‘ldilar. Bu preparat afsuski, bizning mamlakatimizda ham ming tonnalab harid qilindi. Ammo, hech qanday samara bermadi. Xo‘sh bunga sabab nima? N.M.Labutovani fikricha “Baykal”da nafaqat 80 ta, balki 10 ta ham mikroorganizm yo‘q. Buning ustiga preparat tarkibida topilgan mikroorganizmlar achitqilar, sut achituvchi bakteriyalar xolos. Albatta bunday preparatni tuproqqa solish nafaqat foyda keltirmasdan qolmay, balki zararli hamdir. Biotexnologik ishlanmalarni kommersalizatsiya qilish boshqa sohaga qaraganda biroz kamroq vaqt egallaydi, masalan kimyoviy muhandislikga nisbatan. Ikkinchi tomondan, universitet ilmiy laboratoriyalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar sanoat rivojlanishi uchun ulkan xissa qo‘shishi mumkin, bunday holatda mana shu yo‘nalishda ishlagan olimlar o‘zlarining ulushlari asosida qo‘shimcha moliyaviy yordam olishlari muqarrar. Bunday holatda universitet bilan sanoat korxonasi orasidagi kelishuvni ochiq muhokama qilinishi, har xil tarmoq orasidagi gapso‘zlarga yo‘l qo‘yilmasligi, universitetga nisbatan bo‘lgan an’anaviy ishonchni yo‘qotmaslik va ilmiy ishda qatnashganlarni universitetga nisbatan munosabatini o‘zgartirmaslik katta ahamiyatga egadir. Yana bir masala, u ham bo‘lsa yildan-yilga rivojlanib kelayotgan biotexnologiyani kommersiya bilan aralashib ketishi, asosiy mexanizmlarni tushunishga qiziqmaydigan, muayyan maqsad uchun muhandislik ishlari bilan ko‘proq band bo‘lgan, “yangi avlod biologlarning yetishib chiqishiga olib kelmaydimi? Xuddi shuningdek, xayot haqidagi fanning qo‘llanilishi jarayonida fanlar yoki fan va ishlab– chiqarish oralig‘ida yangi fanlar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida fikr yuritish ham ortiqcha bo‘lmasa kerak! Fikrimizcha, mamlakatda ishlab-chiqarish masalalarini yechish maqsadida biologlar va muhandislardan iborat bo‘lgan biotexnologlar uyushmasini tashkil etish zaruriyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, fundamental vazifalarni yechish imkoniyatiga ega bo‘lgan biomuhandislik guruhini tashkil etish ham maqsadga muvofiqdir. Rivojlanib kelayotgan biotexnologiya, fan oldiga “evolyutsiya va biologik izlanishlar” kabi muhim bir muammoni qo‘ydi. Boshqa fanlar kabi (fizika, kimyo va boshqalar) yaqin kelajakda biologik izlanishlarni ham yangi shakllari kelib chiqishi, izlanishlar bilan ishlab-chiqarish orasida yangi aloqalar paydo bo‘lishi, fanni o‘ziga xos tarmog‘i bilan shug‘ullanuvchi yangi laboratoriyalar tashkil etilishi zarur bo‘lib qolsa ajab emas. Fanning bir sohasi ikkinchisiga nisbatan jadalroq rivojlanmoqda. Biologik tadqiqotlarni evolyutsion rivojlanishi eng avvalo biolog olimlarni o‘zlariga bog‘liq. Sanoat korxonalarining moliyalashtirishi hisobidan fan sohasidagi butun boshqaruvni o‘z qo‘llariga oladilarmi, yoki olimlar ilmiy izlanishlarni ustivorligiga erishadilarmi, fundamental tadqiqotlarni rivojlanishiga bo‘lgan xuquqni saqlab qoladilarmi, yo‘qmi? – bu savolarga javobni faqat biologlarni o‘zlari beraoladilar. Download 42.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling