Mavzu: Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari


Biomuhandislik va transgenozda biologik xavfsizlik hamda genetik xavf


Download 42.45 Kb.
bet3/8
Sana21.11.2023
Hajmi42.45 Kb.
#1792598
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2k. 10-ma`ruza

Biomuhandislik va transgenozda biologik xavfsizlik hamda genetik xavf. Retsipiyent (asosiy qabul qiluvchi) hujayra DNK siga begona (donor) genni qo‘shilishi ma’lum qiyinchiliklar bilan amalga oshadi. Qiyinchiliklarni eng asosiysi genni yoki genlarning kerakli manzilga joylashishi, hamda ularni normal faoliyat ko‘rsatishi-ekspressiyasini ta’minlashdir. Bu muammo doimo bor va uning yechilishi hozircha ko‘proq tasarruf bilan bog‘liq. Yana bir katta muammo - bu ham bo‘lsa inson hayoti uchun zaharli bo‘lgan toksin yoki allergen moddalar sintez qiluvchi mutantlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan genetik xavfdir. Asosiy hujayraga kiritilgan begona genning faoliyati bilan bog‘liq muammolar hamisha bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish unchalik muammo emas.
Eng avvalo, bunday muammo genlarni bir-birlariga o‘zaro ta’siri yoki o‘zaro almashinuvi jarayonida paydo bo‘ladigan pleyotrop ta’sir natijasida paydo bo‘ladi. K.G.Gazaryanni fikricha transgenozda genom mu’tadilligini buzilishi, nafaqat dastlabki genomni yangi genlar bilan to‘yinishi yoki kiritilgan yangi genlarni mutantlik xususiyatlari bilan, balki rekombinatsiyadagi endogen tizimni kuchayishi va “uxlab yotgan” genlarni faolligining uyg‘onishi bilan ham bog‘liqdir. Bularning barchasi transgenozda inson hayotiga xavf soladigan genotiplar paydo bo‘lishi mumkinligini ilmiy asoslashga imkon yaratadi. Bunday xavf, ayniqsa, xususiyatlari oldindan belgilangan o‘simlik, hayvon hujayra va to‘qimalari hamda, mikroorganizmlarni mutantlarini olishda sun’iy genlardan foydalanganda kuchayadi. Mana shuning uchun ham ko‘pchilikni transgen organizmlar yaratish, ayniqsa, ular yordamida inson uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga qarshi chiqishlari, hech bo‘lmaganda, genetikasi o‘zgartirilgan o‘simliklardan, hayvonlardan yoki mikroorganizmlardan olinadigan mahsulotlarni alohida belgilar (nishonlangan) orqali sotish uchun qo‘yish haqidagi talablari to‘g‘riday ko‘rinadi.
Bulardan tashqari, bir o‘simlik gul changidan gen-modifikatorlarini (o‘zgartiruvchilarni) boshqa o‘simlikka o‘tishi, ularni uchinchi genotip genlari bilan o‘zaro ta’siri natijasida inson va atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan yangi genotiplarni paydo bo‘lishi ham o‘ta xavflidir. Ma’lumki, fanda va jamiyatda biologik xavfsizlik muammosini dastlab, fanning yangi yo‘nalishi-biomuhandislikni asoschilarining o‘zlari ko‘tarib chiqqanlar. 1974-yilda gen muhandisligi fanining otasi hisoblangan, DNK ning rekombinat molekulasini yaratgan amerikalik olim P.Berg boshchiligida gen muhandisligi bo‘yicha o‘n bir nafar dunyoning eng yirik olimlari “Science” (ilm, fan) jurnali orqali, rekombinat DNK yaratish borasidagi ilmiy izlanishlarini toki shu muammoga bag‘ishlangan butun-jahon kongressi o‘tkazilgunicha to‘xtatib turish lozimligi to‘g‘risidagi ochiq xat bilan chiqadilar. Ammo, bir yil o‘tar-o‘tmas 1975-yil Asilomar (AQSh) da o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada olimlar gen muhandisligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar boshqa, shunga o‘xshash ishlardan xavfli emasligi, faqatgina biologik xavfsizlikni saqlagan holda nazorat o‘rnatilishi (o‘tkazilishi) lozim - degan fikrga keldilar.
1976-yilda AQShda rekombinat mikroorganizmlar bilan olib borilayotgan tadqiqotlarni bir qolipga solish bo‘yicha dastlabki qoida qabul qilindi. Bu qonunga asosan rekombinat mikrooorganizmlar laboratoriyadan tashqariga chiqmasligi haqida ko‘rsatmalar berilgan. 1970-yillarni oxiriga kelib, ko‘plab mamlakatlarda bu sohaga oid qonunlar yaratildi. Sekin-asta bu qoidalar, dastlabki qo‘yilgan qattiq talablarni yumshatish tomoniga o‘zgartirib borildi. Dunyoda 30 yil mobaynida eng yangi biotexnologiya-gen muhandisligi sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar bu yo‘nalishni xavfsiz ekanligini tasdiqladi. Inson va tabiatni zaharlovchi moddalar yaratishga mo‘ljallangan ilmiy izlanishlardan tashqari, ilmiy laboratoriyalarda gen muhandisligi yo‘li bilan inson hayotiga xavf soluvchi birorta ham mikroorganizm shtammi, o‘simlik navi yoki hayvon turlari yaratilmagan. Olimlar mikroblar, bakteriyalarning virulentligini oshirish yoki kamaytirish, mamlakatni bakteriologik qurol va agressiyadan muhofaza qilish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Afsuski, jahon terrorizmi o‘zlarining qonli jinoyatlari uchun har qanday jirkanch harakatlardan qaytayotganlari yo‘q. Shu maqsad yo‘lida bioresurslardan ham foydalanib kelmoqdalar. Shunday bir paytda dunyo hamjamiyati oldida terroristlarni biologiya fani yutuqlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikdek eng muhim vazifa turibdi. Buning uchun gen-muhandisligi bo‘yicha olib boriladigan tajribalar davlat nazoratida bo‘lmog‘i lozim. Ko‘pchilik ko‘zga ko‘ringan olimlarni fikricha transgen hayvonlarni yaratish bo‘yicha olib boriladigan tajribalar unchalik mukammal emas. Begona genlarni ko‘chirib o‘tkazish oqibatida bashorat qilib bo‘lmaydigan natijalarga erishish mumkinligi, chorvachilikda gen muhandisligi fani yutuqlaridan kengroq foydalanishni chegaralab kelmoqda. Balkim, biomuhandislik markazlari olimlari, bu fanning usullari, asbob-uskunalari, texnologiyasi, biologik xavfsizlik kriteriyalarini sifatini, ularni aniqligi va sezgirligini oshirishi bo‘yicha bosh qotirishlari lozimdir.
Fikrimizcha faqatgina shu asosda mazmunan yangi, hosildor, tezpishar, sho‘r va boshqa zaharli moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda hosil beraoladigan o‘simlik navlarini yaratishlari mumkin.

Download 42.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling