Mavzu: Biologiyani o’qitishda veb-kvest texnologiyasidan foydalanish metodikasi


Download 448.04 Kb.
bet9/10
Sana22.09.2023
Hajmi448.04 Kb.
#1684717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-laboratoriya Veb-kvest texnologiyasi (2)

T.March tomonidan ishlab chiqilgan baholash mezonlariga muvofiq tarzda, ta’lim kvestlari yaxshi holatdagi integrasiyalovchi kirish qismiga ega bo‘lishi talab qilinadi, bunda yuksak darajadagi tafakkurlashni ta’minlab beruvchi topshiriqlarning aniq shakllantirilishi, rollarning taqsimlanishi qo‘yilgan masalani har tomondan qarab chiqilishini ta’minlaydi, jumladan bu holatda asoslangan Internet-resurs manbalaridan foydalaniladi. Ta’lim kvestlarining nisbatan eng yaxshi namunalari haqiqiy hayot bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi, ularning yakuniy xulosalari kirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bilishga oid ko‘nikmalarni umumiy holatda yig‘indi ko‘rinishiga olib keladi va ulardan boshqa fanlarda yoki sohalarda foydalanish imkoniyatlarini belgilab beradi.

Barcha predmetlar bo‘yicha kvestlarning yig‘ilishi doimiy ravishda o‘sib borishi qayd qilinadi. Hozirgi kunda eng faol hisoblangani – tarix, geografiya va ingliz tili (ona tili sifatida) va adabiyot, tabiiy fanlar yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.

Ushbu tajriba ishining samarasi shuni ko‘rsatdiki, talabalar ushbu o‘qitish metodikasini ijobiy baholashdi. Qisman ular tomonidan o‘qitishga qiziqishning ortishi, jamoaviy ish ko‘nikmalarining paydo bo‘lishi, eski an’anaviy uslub bilan taqqoslab ko‘rilganda ancha samarali va osonligi ta’kidlandi.

Ushbu tajriba ishining samarasi shuni ko‘rsatdiki, talabalar ushbu o‘qitish metodikasini ijobiy baholashdi. Qisman ular tomonidan o‘qitishga qiziqishning ortishi, jamoaviy ish ko‘nikmalarining paydo bo‘lishi, eski an’anaviy uslub bilan taqqoslab ko‘rilganda ancha samarali va osonligi ta’kidlandi.

Veb-kvest texnologiyasining ustunlik tomonlaridan muhimlari: har bir talaba o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlariga baho bera olishi, biznes ko‘nikmalarni shakllantirishi, ya’ni taqdimotlar, muzokaralar o‘tkazishni o‘rganish orqali ish jarayonida maxsus kasbiy ko‘nikmalarni hosil qilish, xorijiy tillardagi ba’zi saytlar bilan ishlash talabalarni lug‘at boyligini orttiradi, yangi bilimlarni egallash, dunyoqarashini kengayishi, dolzarb, yangi axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.


Download 448.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling