Topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarishda:o‘qituvchi bergan materiallarni talabaning mustaqil o‘rganishi;o‘qituvchining veb-kvestni mazmuni borasidagi yoki taqdimoti haqidagi maslaxati;talabalar tomonidan topshiriqlar jadvalini to‘ldirilishi;yakka holda bajarilgan ish natijalarini talabalar o‘rtasida muzokarasi;jamoa a’zolari tomonidan yakuniy taqdimot uchun biron bir materialni tanlab olinishi;o‘qituvchining elektron manbalardan foydalanish uchun taklifi;o‘qituvchining yakuniy taqdimot uchun uni jihozlash uchun rasmlar, ovozli va chiroqlarni qo‘llagan holdagi taklifi, fikrlari. Agar talabalar o‘zlarini sayt-varaqlarini ochishda texnik qiyinchiliklar tug‘ilsa, ularga “ko‘rsatma”lar veb-kvestni yaratish uchun. Yakunda orttirilgan tajribalar talabalar o‘rtasida “aylana stol” atrofida umumlashtiriladi. Veb-kvestlardan foydalanish uchun talabalardan ma’lum darajada tilni bilishi talab etilib, Internet manbalardan haqqoniy axborotlardan foydalanishi talab etiladi. Veb-kvestlardan foydalanish uchun talabalardan ma’lum darajada tilni bilishi talab etilib, Internet manbalardan haqqoniy axborotlardan foydalanishi talab etiladi. Veb-kvestlarni bajarish jarayonida talabalar yomon o‘zlashtirilgan materiallarga yakka holda qayta murojaat qilishlari mumkin. Veb-kvestdan foydalanish talabalarni mustaqillikka, har qanday hayotiy muammolarni еchishga, ijodiy ishlashga, axborot makonida to‘g‘ri harakat qilishga, tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Tajriba-sinov ishlari uchun talabalar ikki guruhga ajratildi (nazorat va tajriba guruhlariga). Nazorat guruhi an’anaviy (test va og‘zaki suhbat) tarzida, tajriba guruhini o‘qitishda esa veb-kvest texnologiyasidan (Microsoft Power Point taqdimoti va veb-kvest loyihasida ijodiy ishlash usullaridan) foydalangan holda sinovdan o‘tkazildi. Tajriba guruhi talabalariga an’anaviy auditoriya ishdan tashqari veb-kvest doirasida loyiha topshiriqni bajarish, mustaqil ijodiy ish ham topshirildi.
Har bir sahifaga mavzuga xos rasmlar yuklash mumkin. Hamma sahifa to‘ldirilgandan so‘ng, veb-kvest tayyor va uni e’lon qilish mumkin. Kvest e’lon qilingandan (taqdim qilingandan) so‘ng hammaga ma’lum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |