Mavzu: Biologiyani o’qitishda veb-kvest texnologiyasidan foydalanish metodikasi


Sinfda loyiha bo‘yicha olingan natijalar taqdimoti amalga oshirilgandan keyin, o‘z navbatida boshqa o‘quvchilar tanishib chiqishlari uchun Internetga joylashtiriladi


Download 448.04 Kb.
bet8/10
Sana22.09.2023
Hajmi448.04 Kb.
#1684717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-laboratoriya Veb-kvest texnologiyasi (2)

Sinfda loyiha bo‘yicha olingan natijalar taqdimoti amalga oshirilgandan keyin, o‘z navbatida boshqa o‘quvchilar tanishib chiqishlari uchun Internetga joylashtiriladi.

Har qanday veb-kvestning kalit sifatidagi bo‘limi – mezonlarning batafsil holatda baholanishi hisoblanib, unga tayangan holatda loyiha ishtirokchilari o‘z-o‘zini, jamoadagi o‘rtoqlarini baholashni amalga oshiradi. Ushbu mezonlardan o‘qituvchi ham foydalanadi. Masalan, agar tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimotni amalga oshirish uchun og‘zaki shakl tanlab olingan bo‘lsa, u holda mezonlar tarkibiga grammatika va nutq, gapning tuzilishi kabi qat’iy qoidalarga amal qilinishi kiritilishi talab qilinadi. Agar, bunda Power Point muhitida amalga oshiriluvchi taqdimotdan foydalanilsa, u holda texnik jihatidan ishning bajarilishi hisobga olinishi, rasmiylashtirishning estetik jihatlariga e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Keyin esa, har bir mezon bo‘yicha ballarda ifodalangan holatda bajarishning eng yaxshi darajasidan eng yomon darajasigacha mos keluvchi deskriptor tuzib chiqiladi. Ushbu ko‘rinishda, an’anaviy tarzdagi baholashlar va «Nima deymiz, yomon emas», «Barakalla!», «Berilgan topshiriqni a’lo darajada bajardingiz, o‘tiring» ko‘rinishidagi og‘zaki sharhlashlar bilan birgalikda o‘quvchilar nisbatan muvofiq holatdagi baholashlarni – ya’ni, ularning bajargan ishlari ob’ektiv baholanishiga ega bo‘ladi.

T.March tomonidan ishlab chiqilgan baholash mezonlariga muvofiq tarzda, ta’lim kvestlari yaxshi holatdagi integrasiyalovchi kirish qismiga ega bo‘lishi talab qilinadi, bunda yuksak darajadagi tafakkurlashni ta’minlab beruvchi topshiriqlarning aniq shakllantirilishi, rollarning taqsimlanishi qo‘yilgan masalani har tomondan qarab chiqilishini ta’minlaydi, jumladan bu holatda asoslangan Internet-resurs manbalaridan foydalaniladi. Ta’lim kvestlarining nisbatan eng yaxshi namunalari haqiqiy hayot bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi, ularning yakuniy xulosalari kirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bilishga oid ko‘nikmalarni umumiy holatda yig‘indi ko‘rinishiga olib keladi va ulardan boshqa fanlarda yoki sohalarda foydalanish imkoniyatlarini belgilab beradi.


Download 448.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling