Ta’limiy veb-kvestlar – (webquest) – rolli o‘yin elementlari bilan boyitilgan, Internet axborot resurslaridan foydalanib bajariladigan muammoli topshiriqlardan iborat. Ta’limiy veb-kvestlar – (webquest) – rolli o‘yin elementlari bilan boyitilgan, Internet axborot resurslaridan foydalanib bajariladigan muammoli topshiriqlardan iborat. Veb-kvest – bu Internet sayti bo‘lib, u yoki bu o‘quv topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchilar unda ishlaydi. Djorj Bern veb-kvestlar uchun quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni tavsiya etgan: 1). Bayon etish – mavzuga oid turli manbalardan foydalanib yig‘ilgan ma’lumotlarni yangi ko‘rinishda: taqdimotlar tayyorlash, plakatlar, bayon etish orqali namoyish etish va tushuntirish. 2). Rejalashtirish va loyihalash – topshiriqlar asosida reja va loyiha ishlab chiqish. 3). O‘z-o‘zini bilish – shaxsni har tomonlama tadqiq etish. 4) Kompilyatsiya – turli manbalardan olingan (virtual ko‘rgazma, elektron qo‘llanma va h.k.), turli ko‘rinishdagi axborotlarni ko‘chirish. 5). Ijodiy topshiriqlar – mavzu mazmuniga oid ijodiy ishlar olib borish. 6). Tahliliy topshiriqlar – ma’lumotni qidirish va tizimlashtirish. 7). Detektiv, boshqotirma, sirli hodisa – qarama-qarshi dalillar asosida xulosalar chiqarish. 8). Konsensusga erishish- qiyin muammoni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish. 9). Baholash – aniqlangan nuqtai nazardan asoslash. Veb – kvest ma’lum bir mavzular bo‘yicha va turli xil veb – sahifalarga o‘tish gipermatnlari mavjud bo‘lgan, o‘quvchilarning (odatda guruh holida) mustaqil tadqiqotchilik ishlariga bag‘ishlangan ta’lim saytidan tashkil topgan. Web quest strukturasi quyidagi bir nechta zaruriy bo‘limlardan tashkil topadi [Ya.Bixovskiy, 1999; N.V.Nikolaeva, 2002]. Quyida veb-kvest strukturasining umumiy ko‘rinishi beriladi. Veb – kvest ma’lum bir mavzular bo‘yicha va turli xil veb – sahifalarga o‘tish gipermatnlari mavjud bo‘lgan, o‘quvchilarning (odatda guruh holida) mustaqil tadqiqotchilik ishlariga bag‘ishlangan ta’lim saytidan tashkil topgan. Web quest strukturasi quyidagi bir nechta zaruriy bo‘limlardan tashkil topadi [Ya.Bixovskiy, 1999; N.V.Nikolaeva, 2002]. Quyida veb-kvest strukturasining umumiy ko‘rinishi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |