Mavzu: biosferada modda va energiyaning davriy aylanishi


Moddalarning geologik davriy aylanishi


Download 8.27 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2023
Hajmi8.27 Kb.
#1237172
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu biosferada modda va energiyaning davriy aylanishi-fayllar.org

Modda va energiyaning davriy aylanishi haqida tushuncha

Moddalarning geologik davriy aylanishi


  • Moddalarning geologik davriy aylanishi abiotic omillar ta’sirida amalga oshiriladigan moddalar migratsiyasi hisoblanadi. Vaqt o’tishi bilan quyosh nuri, atmosfera, yog’ingarchilik ta’sirida tog’ jinslari yemiriladi, shaol ta’sirida nuraydi va dunyo okeaniga oqizib ketiladi. Ular ocean tubida to’planib cho’kma jinslarni hosil qiladi. Tektonik harakatlar tufayli materiklarning ayrim qismlari cho’kadi va suv tubida qoladi, ayrim qismlari esa ko’tariladi, ya’ni tog’ hosil bo’lish jarayonlari to’xtovsiz davom etadi. Natijada okeanlar tubida yig’ilgan tog’ jinslari quruqlik yuzasiga ko’tarilsa, kontinentlarning yuzasida to’planib borgan tog’ jinslari esa suv ostida qoladi.


Okeanlar tubidagi to’plangan tog’ jinslari

Biologik davriy aylanish


  • Tirik moddaning paydo bo’lishi bilan geologic aylanish asosida organic moddalarning davriy aylanishi, ya’ni biologic davriy aylanish yuzaga keladi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda ishtirok etuvchi elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to’xtovsiz davom etadigan biologik davriy aylanishga qo’shilib boradi.

  • Biosferaning rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo’lishi biogen elementlarning uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog’liq. Tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko’p, ayrim elementlar esa kam miqdorda zarur. Shunga ko’ra biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi.


Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elemenlar deyiladi.
Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elamentlar kiradi. Bular orasidan eng muhimlari keltirilgan.

Moddalarning geologik davriy aylanishi moddalarning biologik davriy aylanishidan bir qancha xususiyatlari bilan farq qiladi:


  • Geologik davriy aylanishning harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o’rtasida to’xtovsiz aylanib turishi bo’lsa, biologik davriy aylanishni harfakatlantiruvchi kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling