10 – yuklama: yuklama signal chiqishi, tranzistorning asosiy oziqlanish
kuchlanishida ishtirok etgan radioelement
yuklama hisoblanadi, yuklamadagi
radioelementga qarab kuchaytirgich nomlanadi. Masalan, kuchaytirgichda
rezistor tursa, operadik kuchaytirgich, tebranish konturi tursa, yuqori chastotali
kuchaytirgich, radiokarnay tursa, past chastotali kuchaytirgich;
11 – taqsimlagich: taqsimlagich tranzistorning
bazasidagi kuchlanishni
taqsimlab, bir me’yorda ta’minlab beradi.
6.6. Multivibratorning prinsipial elektr sxemasining sharhi
Sxemadagi tasvirlangan T1 T2 tranzistorlar yig‘ilmasining ish xususiyati shundan
iboratki, manbaning o‘zgarmas kuchlanishi tranzistorlar T1 T2 ishtirokida takroriy
ravishda ulab-uziladi. Ulab-uzilish jarayoni C1 C2 kondensatorining zaryadlanib
zaryadsizlanishiga bog‘liq C1 zaryadlanishi natijasida T2 bazasiga berkituvchi (+)
kuchlanish yetib keladi, C2 zaryadlanishi bilan T1 tranzistor berkiladi. Natijada
L1L2 yonganida L3L4 o‘chiq holatda bo‘ladi, L3L4 yonganda L1L2 ochiq holatda
bo‘ladi va bu jarayon takrorlanaveradi.