Mavzu: Bir xo`jalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari
Download 64.38 Kb.
|
4) Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Tuproqning paydo bo`lishida barcha tabiiy geografik omillari 2.3. Tuproqni unumdorligini oshirish yo`llari 2.4.Yerlarni baholashni morfologik usuli
Mavzu:Bir xo`jalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari Reja:I.Kirish II.Asosiy qism 2.1. Bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar 2.2.Tuproqning paydo bo`lishida barcha tabiiy geografik omillari 2.3. Tuproqni unumdorligini oshirish yo`llari 2.4.Yerlarni baholashni morfologik usuli III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tajriba uchun dala tanlash o`ta ma’suliyatli ish bo`lib, etti o’lchab, bir kesishni taqozo etadi. Aks holda tajriba davomidagi barcha ishlar o`z qimmatini yo`qotadi. G’o’za-beda, g‘o‘za-g‘alla majmuidagi ekinlar agrotexnikasiga oid tajribalarni o’tkazish mo’ljallanganda tadqiq etiladigan hudud tuproqlarini batafsil o’rganib chiqish zarur. Ularning viloyat va O’zbekiston miqyosidagi o’rni va salmog’ini tasavvur etish uchun ilmiy adabiyot va respublikamiz, Shu ningdek, tajriba o’tkaziladigan xo’jalik va ilmiy muassasa tuproq xaritalari bilan tanishib chiqish talab etiladi. Bu, tanlangan dala tuproqlarining muayyan hudud uchun xosligi (o’xshashligi) haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va dala tajribalari natijalarini tuprog’i Shu tuproq turlariga xos boshqa hududlarga ham tavsiya qilish imkonini byeradi.Ta’kidlash joizki, har bir xo’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi xo’jalik ham tajriba xo’jaligiga ham, tuproq va agrokimyoviy xaritanomalarga ega.G’o’zani parvarishlashda qo’llaniladigan agrotexnik va meliorativ tadbirlar tizimini to’g’ri amalga oshirish maqsadida respublikamiz viloyatlari o’ziga xos sharoitlaridan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan ikki guruhga - bo’z tuproqlar hamda sahro-cho’l mintaqalariga ajratildi. Quyida ularning tavsifi keltirilmoqda:Bo‘z tuproqlar mintaqasi tog’ va tog’ oldi hududlarini o’z ichiga oladi. U to’q tusli, tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasiga bo’linadi.Sahro mintaqasi 3 ta mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy mintaqachalardan tashkil topgan. Hududlar tabiiy sharoiti bo’yicha bunday bo’linishi ularning tuproqlari, Shu ningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan meliorativ va argotexnik tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi.To‘q tusli bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati CHimkent-Sayram guruhi tumanlari G’o’za parvarishlanadigan maydonlarining salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, Shu ningdek, unchalik ko’p maydonlarni egallamaganTojikiston Respublikasi maydonlari va O’zbekiston Respublikasining ba’zi tumanlari joylashgan.Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham yaxshi. Bunday tuproqli yerlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya yeroziyasiga qarshi kurashish talab etiladi.To’q tusli bo’z tuproqlarda eng yertapishar G’o’za va g’alla navlari etishtiriladi.Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo tyerrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol etgan. Bunday tuproqlardan iborat, G’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida, Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va shimoliy xududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, Kofirnihon, Qizilsuv va Yaxsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan. Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba’zan allyuvial yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy xususiyatlari yaxshiligi bois yyer tekislashdan tashqari maxsus melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish talab qilinmaydi. Tipik bo’z tuproqli yerlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya yeroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yaxshilab tekislash zarur.Tipik bo’z tuproqlarda G’o’zaning o’rtapishar navlari ekiladi.Och tusli bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400 metrdan pastroqda, daryo tyerassalarining quyi tog’oldi tekisliklarida tarqalgan. G’o’za va g’alla etishtiriladigan bunday tuproqli maydonlar Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Farg’ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o’rta qismida va Qashqadaryo, Surxondaryo, Kafirnixon daryolari havzalarining quyi qismlarida, Vaxsh va Panj vodiysida, Murg’ob va Tejan daryolari vodiylarinig yuqori qismlarida joylashgan.Och tusli bo’z tuproqlar asosan turli mexanik tarkibli lyossimon qumoq vaqatlamli, loyqali allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Ba’zi joylarda tuproq ostiyotqiziqlari qumli va shag’alli jinslardan iborat. Havo harorati yuqoriligi, yog’ingarchilik kamligi va yer osti suvlari tabiiy harakati sekinligi tufayli minyerallashgan sathi ko’tarilganda tuproq sho’rlanadi. Och tusli bo’z tuproqlar rivojlangan yotqiziqlar turlichaligi va ular bu yotqiziqlar sho’rlanganligi sababli avval ta’kidlangan tuproqlarga nisbatan turli-tuman. Fizikaviy xususiyatlari juda yaxshi bo’lgan xillari ham uchraydi, masalan, lyosslarda hosil bo’lganlari; noqulay fizikaviy xususiyatlari ham mavjud: yog’ingarchilikda juda ivib ketib, so’ng qalin qatqaloq hosil qiluvchi yoki shag’alli va qumli qatlam yuzaga yaqin bo’lganidan o’tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och tusli bo’z tuproqlar Shu lar jumlasidandir.Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotexnik va meliorativ tadbirlar tabaqalashtirilishi, xususan, zararli tuzlar ta’sirini yo’qotish uchun kapital (tubdan) va joriy sho’r yuvish qo’llanilishi, bu jarayonda sarflanadigan suv me’yorlari tuproqning sho’rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko’ra belgilanishi zarur. Yerlarni tekislash va sug’orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo’llash muhim ahamiyatga ega. Yerlarni sho’rsizlantirish uchun sho’r yuvish, zaxira suvi va amal-o’suv suvi berish me’yorlariga, boshqa agrotexnik tadbirlar tizimiga ham aniqlik kiritilishi lozim. Download 64.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling