Mavzu: Bir xo`jalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari


Tuproqni unumdorligini oshirish yo`llari


Download 64.38 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi64.38 Kb.
#1524204
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4) Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang

2.3. Tuproqni unumdorligini oshirish yo`llari
Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash , ishqoriylarini gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi.
Go’ng solinganda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlari ekish yaxshi ta’sir etadi.
O’zbekiston umumiy er maydonining qariyib 5% ni tog’ tuproqlari egallaydi va shu munosabat bilan bu tuproqlarni o’rganishga qiziqish katta bo’lgan. Tog’ tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni olimlarimizning ilmiy asarlaridan topish mumkin. Mualliflar o’z asarlarida tog’ tuproqlari hosil bo’lish jarayonlarini, asosiy tog’ tuproq tiplari, ularning morfologiyasi, xossa va xususiyatlari, gumus hosil bo’lish jarayonlari, bu tuproqlarning vertikal mintaqaviylikka mansubligi va nihoyat tog’ o’lkasi tuproqlarining atrof-muxit ekologiyasini yaxshilashdagi ijobiy rolini ko’rsatib o’tganlar.
Yerda hayotning paydo bo‘lganiga 2 mlrd. yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa,
yerdagi o‘simliklar va tuproqning tarixi esa o‘z ichiga 0,5 mlrd. yil atrofidagi vaqtni
qamrab oladi. Shuncha vaqtdan beri o‘simlik tomonidan, tuproq tomonidan ma’lum
muvozanatga asosan kosmik energiya yutiladi, oqibatda tuproq gumusi va
minerallarida to‘planib uning unumdorligini belgilaydi. Bu mexanizmda tuproq
qoplami qatnashadi. Tuproq faol ishtirokchi tariqasida energiyani yutadi, to‘playdi va sarflaydi. Shunday qilib tuproq-ekologik tizim quruqlikda energiya tartibotini boshqarishda qatnashadi. Keyingi yuz yillikni ikkinchi yarmida tuproqqa, umuman tabiatga bo‘lgan texnogen ta’sir kuchayib ketdi. Bu ta’sir natijasida tuproq ko‘proq jabrlanmoqda. Inson tomonidan bo‘layotgan texnogen ta’sir natijasida dunyoning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham tuproq uchun, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan cho‘llanish, sho‘rlanish, kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasi ortishi, zaharlanishi, tuproqlarni zichlanishi va boshqalar tuproqlarni unumdorlik darajasini kamayishiga, yo‘qolishiga, tuproqni kasallanishiga olib kelmoqda. Sug‘oriladigan yerlardan, uning holatini e’tiborga olmasdan haddan tashqari kuchli darajada foydalanish ularning sifatini pasayishiga hatto qishloq xo‘jalik aylanma harakatidan tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda oxirgi 15-20 yil ichida sho‘rlangan yerlar maydoni 0,8 mln. gektarga ortib ketdi. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryoda sug‘oriladigan yerlarni 95 % gacha miqdori sho‘rlangan. Noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sug‘oriladigan, unumdorligi yuqori bo‘lgan yerlarni ajratish davom etmoqda.
Orol dengizni sathini keskin va jadal sur’atlarda pasayishi qator salbiy oqibatlarga: cho‘llanish jarayonini tezlashishiga, sho‘r yerlarni maydonini ortishiga
va hokazolarlarga sabab bo‘lmoqda. Suv va shamol eroziyasi hamda ikkilamchi sho‘rlanish kabi jarayonlarni tuproq unumdorligiga ta’siri yildan yilga ortib bormoqda. Keyingi vaqtlarga kelib gumus va oziqa elementlarning miqdori keskin kamaygan yer maydonlarini xissasi ortishi jarayoni sezilib turibdi.Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ham xatarli tus olmoqda. Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy mezon tariqasida esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq bonitirovkasi” amalga oshiradi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Sug‘oriladigan mintaqalarda almashlab ekish tuproq sharoitlarini hisobga olmay joriy qilinar edi. Almashlab ekishda esa kimyoviy ishlar uchun tuzilgan 1:50000 nisbatdagi agrotuproq xaritalaridan foydalanilgan. Yer kadastrining qishloq xo‘jaligidagi roli va o‘rni alohida bo‘lib, ko‘p qirrali hisoblanadi. Tarixda Yer kadastrining tarkibiy qismlaridan hech qaysi biri tuproq bonitirovkasiday qiziqish uyg‘otmagan.
Yerni hisobga olish va baholash qadimgi Rimda mavjud bo‘lgan.Yegipetda yerga egalik qilish huquqini berish bilan birga yerdan olingan daromadni 20 % ni soliq tariqasida undirib olingan. Rossiyada Pyotr davrigacha davlat sarf xarajatlarini qoplash uchun yer egalaridan alohida Yer solig‘i olingan. Qadimgi Rus davlatlarida dehqonlar birinchi bonitirovkachilar bo‘lganlar. Ular hozirgi zamon ilmiga ega bo‘lmagan bo‘lsalarda, ya’ni tuproqning mexanik tarkibi, gumus, sho‘rtobligi va boshqa xossa va xususiyatlarini bilmagan bo‘lsalarda qora va qoramtir ranglardagi tuproqlarni birinchi o‘ringa, bo‘z, och bo‘z rangli tuproqlarni
keyingi o‘rinlarga, oq tuproqlarni esa unumsizlar qatoriga qo‘yganlar va shu asnoda
joylashganlar hamda dehqonchilik qilganlar. Dehqonlar tuproqni baholashda har xil atamalar va sermazmun so‘zlardan foydalanishgan. Masalan; qaerda podzol bo‘lsa, o‘sha joyda muhtojlik, qora yer - oq non. Oq yer tezroq kambag‘allashadi va boshqalar. Ivan Grozniy davrida ham yerlarni hisobga olish maqsadida maxsus buyruqlar berilgan va xizmat ko‘rsatgan odamlarga yaxshiroq yerlardan joy berish maqsadida bu hisob-kitoblar va yozuvlardan foydalanilgan. Shu davrdagi ro‘yxatga oluvchilarni ishlari Yer to‘g‘risidagi dastlabki, nisbatan to‘liq ma’lumotlarni qamrab olgan. Bu 5 yozuvlarda joyning geografik sharoiti, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shahar, qishloqlarto‘g‘risidaga ma’lumotlar, relyef, aholi o‘z aksini topgan. Yerni sifati to‘g‘irisidagi ma’lumotlar ham berilgan. Haydaladigan yerlar o‘zlarining sifat ko‘rsatkichlariga qarab uch guruhga: saxiy, o‘rtacha, ozg‘inlarga bo‘lingan. Bulardan tashqari haydalgan, haydalmagan o‘rmon, qamishzor, toshli yer, qumli yer va boshqalarga ajratilgan. Feodalizm davridagi yer taqsimotidayok yerlarni sifati e’tiborga olingan, ya’ni o‘rtacha sifatga ega bo‘lgan yerlardan yer berilayotganda me’yorga nisbatan 25% ko‘proq, past sifatli yerdan berilganda esa 50% ko‘paytirilib berilgan. Pyotr davrida Yerga bo‘lgan munosabatlar, uni baholash masalalari deyarli to‘xtab qoldi yoki kuchli darajada buzildi. Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda departament tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan.
M.V.Lomonosov qayinzorlar tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda yangilanishini keltirdi. Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi. Yel, sosnalar tagidagi tuproqlarni kambag‘al tuproqlar qatoriga kiritdi, sabab
tariqasida ularning igna barglarini to‘kilmasligi keltirildi. M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi sifatida gilli qora tuproq, toshli, o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Erkin iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi usullarini ishlab chiqish, yerlarni sifatini o‘rganish edi. Bu davrga kelib Rossiya dunyoda bug‘doy sotuvchi yirik mamlakatlardan biriga aylangan edi. Shu bois erkin iqtisodiy uyushma asosiy bug‘doy maydoni hisoblangan qora tuproqlarni o‘rganishga kirishdi. Akademik Leman, Bolotov, Komovlar uyushmani to‘plamlarida tuproqni xossalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida chiqib turdilar. XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida Rossiyaning 17 guberniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu guberniyalarga Peterburg, Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekaterinoslavsk, Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida 1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi. Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi vatuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi. Keyinchalik baholash ishlari uslubi ishlandi va biroz takomillashdi. Tuproqlarni sifat jihatidan baholash hosilga bog‘landi. Haydaladigan yerlar 5 sinfga, 6 pichanzorlar esa 14 sinfga, pichan 4 navga ajratildi. Guberniyalar uchun alohida-alohida bug‘doyni hosildorligi, narxi aniqlandi. Eng kam hosil podzol, eng yuqori hosil esa qora tuproqlardan olinishi aniqlandi. Xullas bu davrdagi yerga baho berish, ro‘yxatga olish davlat siyosati uchun bir tadbir tariqasida o‘tkazildi. Shu davrda, ya’ni 1870 yillardan boshlash Dokuchayevning faoliyati ko‘rina boshladi. 1883 yili Dokuchayev tomonidan "Rus qora tuprog‘i" nomli asar chop etildi. Shu asar orqali dunyoda yangi "Tuproqshunoslik" fani paydo bo‘ldi. Tuproqlarni genetik asosda o‘rganish boshlandi. Ayni shu vaqtda tuproqlarni ilmiy bonitirovkalashga asos solindi.Dokuchayev tomonidan Rus qora tuproqlari o‘rganilib kelingandan keyin, u darhol Nijniy-Novgorod, Poltava yerlarini o‘rganish va baholash uchun yuborildi. Dokuchayev yerni baholash ishlarini keng agronomik ishlarga aylantirib yubordi. Shu davrdan boshlab yerga baho berishni Dokuchayev davri boshlandi.
2.4.Yerlarni baholashni morfologik usuli
R.V.Rispolojenskiy, G.F.Nefedov usuli. Bu olimlar o‘zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ‘ib qildilar. Rispolojenskiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy xossalari hisoblangan mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo‘qqa chiqardi, ya’ni tuproq bahosi bilan ularni xossalari o‘rtasida bog‘lanish yo‘q dedi va shu tarzda baholash ishlarini o‘tkazdi. Bu usul ko‘rinish va bajarish jihatdan sodda hamda arzon, shu bois qishloq xo‘jaligi hodimlarida qiziqish uyg‘ota oldi. Lekin bu usulda baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi aniqlangan edi va shunday ham bo‘ldi. G.F.Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u baholanadigan yerlarni bitta, ya’ni gumusni tarqalishini yoki boshqa bir xususiyatini xaritalanishini afzal ko‘rdi. 8 Rispolojenskiy va Nefedov usullari, asosida ishlangan xaritalari mutaxasislar tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi. Shunday qilib bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda
qo‘llanila boshladi. 1. Dokuchayev-Sibirtsevlarni tabiiy-tarixiy usuli bo‘lib, bu usul Rossiyaning 177 uezdi va 17 guberniyasida qo‘llanildi. Rispolojenskiy usuli,ya’ni morfologik usul bo‘lib, 47 uezd, 5 guberniyada qo‘llanildi, 618 ming km maydonda sinaldi. Bu usullardan tashqari Nefedov usuli bilan Tula, Tredesevich usuli bilan Lyubinskiy guberniyasida, Tomas usuli bilan Boltiq bo‘yida yerni baholash ishlari o‘tkazildi. Yuqorida qayd qilinganidek Rispolojenskiy usuli nisbatan qulay va arzonligi tufayli usulni iqtisodchilar, statistlar qattiq turib himoya qildilar, ammo tarix, hayot, amaliyot hamma narsalarni joy-joyiga qo‘ydi. Dokuchayev usuli eng to‘g‘ri va ob’ektiv ekanligi vaqt o‘tishi bilan isbotlana boraverdi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, Dokuchayev iqtisodiy statistik usulni butunlay bekor qilishni rad etdi, aksincha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p yillik hosil miqdori tuproqni tabiiy xossalari bilan uyg‘unlashgan holdagina eng to‘g‘ri va eng sifatli natija olinishi ta’kidlanadi. chet mamlakatlarda tuproq bonitirovkasi Tuproqlarga baho berish dunyo mamlakatlarida yagona usul va uslubiyatga tayangan deb bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishi ham qiyin. Shu bois tuproqlarni bonitirovkalash turli mamlakatlarda alohida-alohida ishlandi. Masalan; Germaniyada tuproqlarni baholashda agrogeologik tamoyilga asoslangan, Teyer tasnifi asosida boshlangan. Bu usulga ko‘ra asosiy taksonomik birlik tariqasida tuproq ayirmasi qabul qilingan bo‘lib, ayirmani ajratish mexanik tarkibga ko‘ra amalga oshirilgan. Keyinchalik A.Teyer bu ishini biroz takomillashtirdi, ya’ni ancha sermazmun tasnifni ishlab chiqdi. Bu tasnifga ko‘ra asosiy shkalada tuproqlar 6 turga, ya’ni gilli, qumoqli, qumli, gumusli, oxakli o‘z navbatida bular 3 tadan va 4 tadan sinflarga ajratildi. Keyinchalik nisbatan qulay bo‘lgan maxsus bonitirovka jadvali Kraft tomonidan ishlangan bo‘lib, unda tuproqni turi, qalinligi, undagi gumus miqdori, yerningqiyaligi, namligi, ekin turi va boshqalar e’tiborga olingan. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, bunda tuproqning har bir xossa va xususiyatlari uchun aniq ballar berilgan. Aniq bir turdagi tuproqni bonitet ballini aniqlash uchun shu tuproqning xossalariga berilgan ballarni jamlash kifoya qiladi. Masalan; mergel-qumoqli tuproq - 25 ball, shu tuproqni qalinligi 24 dyum - 10 ball, gumus miqdori 12 % - 5 ball, qiyaligi uchun 10 ball, tuproqni ustki holati uchun 10 ball. Demak maydonning bonitet balli 25+10+5+5+5+10=60 ball.



Download 64.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling