Mavzu: Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari


Download 65.36 Kb.
bet2/7
Sana11.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1189358
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari

Asosiy qism
To‘q tusli bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati CHimkent-Sayram guruhi tumanlari G’o’za parvarishlanadigan maydonlarining salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, Shu ningdek, unchalik ko’p maydonlarni egallamaganTojikiston Respublikasi maydonlari va O’zbekiston Respublikasining ba’zi tumanlari joylashgan.Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham yaxshi. Bunday tuproqli yerlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya yeroziyasiga qarshi kurashish talab etiladi.To’q tusli bo’z tuproqlarda eng yertapishar G’o’za va g’alla navlari etishtiriladi.Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo tyerrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol etgan. Bunday tuproqlardan iborat, G’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida, Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va shimoliy xududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, Kofirnihon, Qizilsuv va Yaxsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan. Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba’zan allyuvial yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy xususiyatlari yaxshiligi bois yyer tekislashdan tashqari maxsus melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish talab qilinmaydi. Tipik bo’z tuproqli yerlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya yeroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yaxshilab tekislash zarur.Tipik bo’z tuproqlarda G’o’zaning o’rtapishar navlari ekiladi.Och tusli bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400 metrdan pastroqda, daryo tyerassalarining quyi tog’oldi tekisliklarida tarqalgan. G’o’za va g’alla etishtiriladigan bunday tuproqli maydonlar Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Farg’ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o’rta qismida va Qashqadaryo, Surxondaryo, Kafirnixon daryolari havzalarining quyi qismlarida, Vaxsh va Panj vodiysida, Murg’ob va Tejan daryolari vodiylarinig yuqori qismlarida joylashgan.Och tusli bo’z tuproqlar asosan turli mexanik tarkibli lyossimon qumoq vaqatlamli, loyqali allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Ba’zi joylarda tuproq ostiyotqiziqlari qumli va shag’alli jinslardan iborat. Havo harorati yuqoriligi, yog’ingarchilik kamligi va yer osti suvlari tabiiy harakati sekinligi tufayli minyerallashgan sathi ko’tarilganda tuproq sho’rlanadi. Och tusli bo’z tuproqlar rivojlangan yotqiziqlar turlichaligi va ular bu yotqiziqlar sho’rlanganligi sababli avval ta’kidlangan tuproqlarga nisbatan turli-tuman. Fizikaviy xususiyatlari juda yaxshi bo’lgan xillari ham uchraydi, masalan, lyosslarda hosil bo’lganlari; noqulay fizikaviy xususiyatlari ham mavjud: yog’ingarchilikda juda ivib ketib, so’ng qalin qatqaloq hosil qiluvchi yoki shag’alli va qumli qatlam yuzaga yaqin bo’lganidan o’tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och tusli bo’z tuproqlar Shu lar jumlasidandir.Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotexnik va meliorativ tadbirlar tabaqalashtirilishi, xususan, zararli tuzlar ta’sirini yo’qotish uchun kapital (tubdan) va joriy sho’r yuvish qo’llanilishi, bu jarayonda sarflanadigan suv me’yorlari tuproqning sho’rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko’ra belgilanishi zarur. Yerlarni tekislash va sug’orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo’llash muhim ahamiyatga ega. Yerlarni sho’rsizlantirish uchun sho’r yuvish, zaxira suvi va amal-o’suv suvi berish me’yorlariga, boshqa agrotexnik tadbirlar tizimiga ham aniqlik kiritilishi lozim.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling