Mavzu: Birlar, minglar, millionlar sinfi (Mustahkamlash) Ta’limiy maqsad
Download 2.13 Mb.
|
4-sinf matematika dars ishlanma 2021 2021 2021 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinf shiori aytiladi: O’quvchilar
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish. O’qituvchi: Assalomu-alaykum O’quvchilar: Va alaykum assalom, hurmatli ustoz. O’qituvchi: O’quvchilar hozirgi darsimiz matematika. Darsimizning shiorini esga olamiz. Dars shiori: Matematika fani fanlar ichra shoh Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh. Sinf shiori aytiladi: O’quvchilar: Kamol topib, halol o’sib zo’r bo’lamiz Bilim olib xaq yo’liga nur bo’lamiz. Maqsad sari intilamiz adashmaymiz Yurt deganning yuragiga qo’r bo’lamiz. O’qituvchi: qani matematika fani nima deydi? B irlar, o‘nlar va yuzlar, Ko‘p xonali sonlar bil. Sodda, qiyin masala, Yechishga to‘pla aql. B o‘linuvchi, bo‘luvchi, Qani, bo‘linma toping. O‘nni o‘nga bo‘lganda Bir bo‘lar, shuni biling. K arra jadvalni bilsang, Ko‘paytirish oson ish, Yodda tutgin, hayotda Hisob kerak yoz-u qish. Uchga to‘rtni qo‘shamiz J avobi bo‘lar yetti. Shunday oson topilar Qo‘shishda har yig‘indi. Navbatchi hisoboti eshitiladi. Ma`naviyat daqiqasi o’tkaziladi. O’quvchilar besh tashabbus haqida, matematika fani asoschilari, buyuk allomalarimiz haqida, 4-sinf matematika fanining davlat ta`limi standartlari haqida ma`lumotlar beradilar. O’qituvchi:- O’quvchilar kelinglar darsimizning keying bosqichlarini davom ettirish uchun kichik guruhlarda ish olib borsak. Guruhlarning nomini “Chaqqonlar”, “Topqirlar”, “Zukkolar” deb nomlasak. Guruh sardorlarini ham saylab olamiz. Ular menga guruh a`zolarini baholashda yordam berib boradilar. Guruh sardorlari aniqlab olinadi. Guruh sardorlari guruh a`zolarining ballarini jamlashda yordam beradilar. O’quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadida boshqotirmalar beriladi. 1-guruh 2-guruh 3-guruh 20+20+20=60 10+10+10=30 20+20+20=60 20+10+10=40 10=5+5=20 20+20+10=50 10-6=4 5+ 2+2=9 10X3=30 3+20X5=103 5+1X10=15 10+20X3=70 Guruhda o’quvchilar boshqotirmalar yechgunlariga qadar har bir guruhdan guurh sardorlari chiqib 2 amalli tenglamalar yechadilar 1-guruh sardori 2-guruh sardori 3-guruh sardori (420+X)+300=1000 900-( x+200)=600 750-(x+130)=50 Uyga berilgan topshiriqlar tekshirib olinadi. Bajara olinmagan misollar tahlil qilinadi. Aylanma daftarlar almashtiriladi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling