Mavzu: O’zbekistonning buyuk allomalari. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy Maqsad


Download 21.89 Kb.
Sana21.08.2020
Hajmi21.89 Kb.
#127226
Bog'liq
Assalom alaykum xurmatli ustozlar aziz bolajonlar


Mavzu: O’zbekistonning buyuk allomalari. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy

Maqsad:

Buyuk allomalarimiz hayot yo’li, ulardan qolgan meroslari haqida tushuncha berish orqali bolalarda milliy iftihorni shakllantirish, mansublik hissini boyitish, vatanparvarlikka, rostgo’ylikka undash; Kitobga mehr uyg’otish.



Vazifalar:

  • Alisher Navoiyning suratlari va asarlari yordamida hayoti va ijodi bilan tanishtirish;

  • Alisher Navoiyning g’azal va ruboiylaridan namunalar aytish orqali bolalarning so’z boyligini faollashtirish;

  • “Sher ila durroj” hikoyasi asosida suratga olingan multfilmni namoyish etish va bolalarda tog’riso’zlik, rostgo’ylik hislatlarini rivojlantirish;

  • Markazlardagi faoliyat yordamida ushbu mavzuni yanada mustahkamlash.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalarning bog’lanishli nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi;

  • Buyuk allomalarimiz haqida tushunchaga ega bo’ladilar;

  • Rostgo’ylik, to’g’riso’zlik , odob haqidagi tushunchalari yanada boyitiladi;

  • O’sha davr maktablari ya’ni madrasalar haqida tushunchaga ega bo’ladilar va markazlarda faoliyat olib boradilar.

Tar.:Assalom alaykum aziz bolajonlar, bizning Vatanimiz qayer?

Bolalar: O’zbekiston!

Tar.:Barakalla. Hozir qaysi fasl?

Bolalar: qish!

Tar.: qishning qaysi oyi?

Bolalar: fevral!

Tar.: Barakalla fevral oyida qaysi buyuk bobolarimizning tug’ilgan kunlarini nishonladik?

Bolalar: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur

Tar.: Judayam to’g’ri. Bugun buyuk mutafakkir, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning hayoti va ijodi bilan tanishamiz! Navoiy bobomiz kim bo’lgan ekan?

Bolalar: Buyuk shoir!

Tar.: Barakalla. Alisher Navoiy 1441 -yil 9- fevralda Hirot shahrida tug’ildi. Uning otasi G’iyossiddin Kichkina bilimli ,ziyrak kishi edi. Zehni o’tkir Alisher 4-5 yoshidayoq o’qish- yozishni o’rgandi. Adabiyot va san’atga erta mehr qo’ydi. Navoiy bobomiz qayerda tug’ilgan ekan?

Bolalar: Hirot shahrida.

Tar.: uning otasining ismi kim bo’lgan ekan?

Bolalar: G’iyosiddin Kichkina.

Tar.: barakalla. Bobomiz nechi yoshida yozish o’qishni o’rgandilar?

Bolalar: 4-5 yoshlarida.

Tar: Kichkina Alisher mashhur fors- tojik shoirlarining kitoblarini zavq bilan o’qib , ulardan judayam ta’sirlandi. Ko’p o’tmay o’z she’rlarini ham yoza boshladi. O’z asarlarida odamlarni yaxshilikka, odobli bo’lishga, rostgo’ylikka undadi, yolg’onchilikni, yomonlikni qoraladi. Asarlarida odamlarni nimalarga undabdi?

Bolalar: Yaxshilikka, odobli bo’lishga, rostgo’ylikka undadi.

Tar.:Nimalarni qoralabdi?

Bolalar: Yolg’onchilikni, yomonlikni.

Tar.:Alisher navoiy bobomiz o’zbek tilining asoschisi. U bizga judayam ko’p asarlar g’azal va ruboiylar yozib qoldirganlar. Qani kim aytadi?

(Bolalar bilganicha g’azal va ruboiylaridan aytadilar) Bolalar: Orazin yopg’och ko’zimdun sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’ach quyosh.

Bolalar: Odamiy ersang demagil odamiy,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.



Bolalar: G’urbatda g’arib shodimon bo’lmas emush

El anga shafiqu mehribon bo’lmas emush

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emush.



Bolalar: Boshni fido ayla ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a,

Tun-kuningg’a aylagani nur fosh

Birisin oy ayla, birisin quyosh.



Tar.: Barakalla, Navoiy bobomiz bizga judayam qimmatli hikmatlar ham qoldirganlar:

Olam ahli blingizkim, ish emas dushmanlig’

Yor bo’ling bir-birngizgakim, erur yorlig’ ish.

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

Tilga e’tiborsiz - elga e’tiborsiz.



Tar.: Endi buyuk bobomizning asari asosida suratga olingan “Sher ila durroj” multfilmini tomosha qilsak.

(bolala bilan ushbu multfilm ko’riladi va xulosalar chiqariladi)



Tar.: Bolajonlar endi sizlar bilan markazlarga e’tibormizni qaratamiz.

  • Qurish yasash va matematika markazida bolalar madrasa tasviri tushirilgan pazllarni teradilar.

  • San’at markazida madrasa tasviri tushirilgan rasmga noananaviy tarzda bezak beradilar.

  • Fan va tabiat markazida qum yordamida “Sher ila durroj” asaridagi durrojni tasvirlash.

  • Mashg’ulotga faol qatashgan bolalar rag’batlantiriladi.

Download 21.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling