Mavzu: Biznes g‘oyadan biznes modelga Reja


Download 51.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.11.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1777138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga

Foyda formulasi. Foyda formulasi - kompaniyaning ayni vaqtda qyimatni 
iste’molchilarga etkazib berish orqali o’zi uchun qay tarzda qiymat 
yaratayotganligini ko’rsatib beradi. U quyidagi to’rtta elementdan tashkil topadi:


1. daromad olish modeli: narx * miqdor;
2. xarajatlar tarkibi: bevosita va bilvosita xarajatlar, ko’lam samarasi. 
Xarajatlar tarkibi biznes-model uchun zarur bo’lgan asosiy resurslarga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liq;
3. chegaraviy foyda modeli: xarajatlarning kutilayotgan hajmi va tarkibini 
bilgan holda, kutilayotgan umumiy foydaga ega bo’lish uchun har bir qo’shimcha 
mahsulot birligidan olinuvchi foyda miqdorini aniqlashimiz mumkin;
4. Resurslarning aylanish tezligi: kutilayotgan hajmlarni saqlab qolish va 
kutilayotgan foyda miqdoriga ega bo’lish uchun mavjud aktivlardan qay tezlikda 
foydalanish kerak.
Bizning fikrimizcha, iste’molchilarga taqdim etiladigan qiymatni etkazib 
berish uchun zarur bo’lgan narx dastlab belgilab olinib, o’zgaruvchan xarajatlar va 
chegaraviy foyda aniqlanadigan, so’ngra ko’zda tutilgan foydaga ega bo’lish uchun 
zarur bo’ladigan resurslarning aylanish tezligi va ishlab chiqarish ko’lamini 
aniqlashtirish eng ma’qul usul hisoblanadi.
Asosiy resurslar. Personal, texnologiyalar, mahsulotlar, bino va inshootlar, 
asbob-uskunalar, taklif etilayotgan qiymatlarni maqsadli iste’molchilarga etkazib 
berish uchun zarur bo’lgan kanallar va shu kabilar asosiy resurslar hisoblanadi.. Bu 
o’rinda iste’molchilar va kompaniyalar uchun qiymat yaratadigan asosiy omillarga 
hamda ularning o’zaro munosabatlariga (biznesning raqobatbardosh ustunliklarini 
yaratishga yordam bermaydigan turli kompaniyalar uchun keng tarqalgan umumiy 
resurslardan farqli ravishda) alohida e’tibor qaratiladi. Asosiy resurslarni avtomobil 
akkumulyatori bilan taqqoslash mumkin: tashkilot bir vaqtning o’zida resurslarni 
iste’mol qiladi va ularning o’rnini to’ldirib boradi. Asosiy resurslar bilan 
kompaniyaning investitsiyalari, xususan, kapital qo’yilmalari uzviy bog’liqdir.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling