Mavzu: Biznes g‘oyadan biznes modelga Reja
-jadval Biznes-modelning tanlanma ta’riflari
Download 51.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga
6.1-jadval
Biznes-modelning tanlanma ta’riflari Muallif, yil Ta’rif Timmers,1998 Biznes-model o’zida biznesning turli ishtirochilari va ularning biznes jarayonlardagi o’rnini;biznesning turli ishtirokchilari uchun potentsial navflilik; daromad olish manbalarini batafsil bayon qilib beruvchi mahsulot, servis va axborot oqimlarining o’ziga xos “arxitektura”sini ifoda etadi Amit&Zott, 2011 Biznes-model “biznes-imkoniyatlardan foydalanish orqali qiymat yaratish maqsadida qurilgan xo’jalik faoliyati aktlarining mazmuni, tuzilmasi va ularni boshqarish jarayonlari”ni ifoda ettiradi Chesbrough& Rosenbloom, 2002 Biznes-model o’zida “texnik imkoniyatlarni iqtisodiy qiymatning amalga oshishi bilan birlashtiruvchi evristik mantiq”ni ifodalaydi Magretta,2002 Biznes-modelllar – bu “korporatsiyalar faoliyatining mantig’ini bayon qilib beruvchi tarixdir. Yaxshi biznes-model Piter Drukerning azaliy savollariga to’laqonli javob beradi: Iste’molchilar kimlar? Iste’mol qiymati qanday bo’lishi kerak? U shu bilan birgalikda har bir boshqaruvchi beradigan quyidagi savollarga ham javob berishi kerak: Biz bu biznesda qanday qilib pul ishlab topamiz? Ma’lum narxlar bo’yicha iste’molchilarga qiymatni biz qanday qilib etkazib berishimizni tushuntirib beradigan iqtisodiy mantiqning asosida nima yotadi?” Morris et.al.,2005 Biznes-model-bu “ma’lum bir bozorlarda barqaror raqobat ustunligiga erishish maqsadida iqtisodiyot, biznes arxitekturasi va venchurli strategiyalar sohasida o’zaro bog’liq bo’lgan echimlar to’plami bilan qanday munosabatda bo’lish lozimligini tushuntirib beruvchi qisqacha izohdir...”Biznes- model “oltita asosiy tashkil etuvchini o’z ichiga oladi: qiymat, iste’molchilar tavsifi, ichki jarayonlar (kompetentsiyalar), tashqi muhitda o’rin egallash, iqtisodiy model va shaxsiy (investitsion) omillar” Johnson et.al., 2008 Biznes-model “birgalikda qiymat yaratuvchi va uni ta’min etuvchi o’zaro bog’liq bo’lgan to’rtta tashkil etuvchidan tarkib topadi”. Bu tashkil etuvchilar quyidagilardan iborat: iste’molchilar taklif qilingan qiymat, foyda olish formulasi, asosiy resurslar, asosiy jarayonlar Casadesus- Masanell&Richard, 2010 “Biznes-model-bu firma tomonidan amalga oshiriluvchi strategiyaning amalda aks etishi...firmaning o’z steyk- xolderlari (biznesga ta’sir ko’rsatuvchi yoki ta’sir ko’rsata olish layoqatiga ega bo’lgan tashkilot yoki shaxslar) uchun qiymat yaratish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish usul va vositalari va shu bilan bir qatorda firma faoliyatining mantig’i hamdir” Teece,2010 “Biznes-model –kompaniyaning iste’molchilar uchun yaratayotgan qiymatining hayotiy daromad va xarajatlari tarkibini va hamda iste’molchi uchun taklif qilinayotgan qiymat darajasining yuqori bo’lishini ta’min etuvchi jarayonlarning mantig’ini aniqlashtirib beradi” Uch bosqichdan iborat bo’lgan ketma-ketlikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin. Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling