Mavzu: biznes moliyasiga kirish reja


Hisobdorlik (Accountability)


Download 29.1 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi29.1 Kb.
#1629752
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biznes moliyasi

2.Hisobdorlik (Accountability)
Hisobdorlik direktorlarning majburiyatlari va rolining tavsifini, monitoring jarayonining adekvatligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Korporativ qoidalari kompaniya direktorlarining aksiyadorlar manfaatlaridan kelib chiqib faoliyat yuritishlarini talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, ular o‘zlarining mansab va bilimlarini aksiyadorlar hisobidan foyda olishga ishlatishga urinmasliklari kerak.
Qonun ham yirik kompaniyalarning yillik hisobotlarini mustaqil auditdan o‘tkazishni talab qiladi. Mustaqil auditning maqsadi direktorlar tomonidan tayyorlanadigan moliyaviy hujjatlar (hisob-kitoblar)ga ishonchni oshirishdan iborat.


3.To‘g‘rilik, halollik (Fairness)
To‘g‘rilik, halollik direktorlar aksiyadorlar uchun mumkin bo‘lmagan (aksiyadorlar ololmaydigan) ichki (insayderlik) ma’lumotlarni boshqarishdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmasliklari shart.
Pirovardida, ham qonun, ham London fond birjasi direktorlarning kompaniya aksiyalari bilan operatsiyalar o‘tkazishiga cheklov qo‘yadi.
Bunday cheklovlarga misol sifatida, kompaniya faoliyatining yillik natijalarini e’lon qilishdan bevosita oldin, shuningdek‚ rejalashtirilgan birlashish yoki ijrochi direktorning ketishi kabi muhim voqealarni xabar qilishdan oldin, direktorlar aksiyalarni sotishlari yoki sotib olishlari mumkin bo‘lmasligini aytish mumkin.
Biznes turi:

  • Sanoat (ishlab chiqarish)ga asoslangan

  • Savdo asoslangan

  • Moliyaviy

  • Sug'urtaga asoslangan

  • Vositachilikka asoslangan

Kompaniyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish
Kompaniyalar tomonidan jalb etiladigan moliyaviy resurslarning hajmi aksiyadorlar ixtiyorida qoldiriladi. Ko‘p kompaniyalar har xil turdagi aksiyalarga ega.
Bundan tashqari aksariyat kompaniyalar pul mablag‘larini uzoq muddatli qarz asosida jalb etadilar (ko‘pchilik qisqa muddatli kredit ham oladi). Ushbu mavzuda biz uzoq muddatli korporativ moliyaviy resurslar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Oddiy aksiyalar (ordinary shares) o‘z bo‘yniga riskni olishga tayyor va bir vaqtning o‘zida investitsion qo‘yilmalaridan katta qaytim kutgan investorlar uchun chiqariladi. Oddiy aksiyalar ko‘pincha sodda qilib aksiyalar (equities) deyiladi. Kompaniyaning odatdagi tajribasi aksiyadorlarga soliqlar to‘langandan so‘ng olingan foydaning bir qismini dividendlar (dividends) tarzida to‘lash hisoblanadi. Har bir aksiyador oladigan summa u egalik qiladigan aksiyalar soni bilan bevosita bog‘liq. Dividend miqdori har bir aniq yil uchun direktorlar ko‘rib chiqqandan so‘ng belgilanadi.

Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling