Mavzu: biznes moliyasiga kirish reja
Download 29.1 Kb.
|
biznes moliyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes moliyasi va risk.
Biznes moliyasi – nisbatan yosh fan hisoblanadi. 1960-yillarga qadar u asosan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha hisobotlarni, shuningdek, mumkin qadar ushbu qarorlarning qanday qabul qilinganligi bo‘yicha tushuntirishlarni o‘z ichiga olgan. So‘nggi vaqtlarda biznes moliyasining nazariyasi paydo bo‘ldi va sinovdan o‘tdi. Hozirgi kunda mazkur fan hayotning sinovlariga bardosh berayotgan jiddiy nazariy asosga ega. Boshqacha aytganda, biznes moliyasidagi aniq natijalarni tushuntirib va oldindan aytib berishga intilayotgan umumqabul qilingan nazariyalar, umuman, o‘z maqsadlariga erishadilar. Biznes moliyasi ko‘p fanlarga tayanadi. Moliyaviy va investitsion qarorlarni qabul qilish iqtisodiyotning, buxgalteriya hisobining, huquqning, miqdoriy usullar va axloqiy fanlarning ba’zi jihatlari bilan chambarchas bog‘liq. Biznes yuritish uchun biznes moliyasi hayotiy muhim hisoblanadi.
Moliyalashtirish va investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorlar biznesning tub mohiyatini ifoda qiladi va uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi.Bu quyidagilar bilan bog‘liq: bunday qarorlar ko‘pincha miqdori ushbu biznes uchun juda muhim bo‘lgan summadagi pul mablag‘laridan foydalanishni nazarda tutadi; - monand qarorni qabul qilgandan so‘ng, uni osonlikcha o‘zgartirib bo‘lmaydi, shuning uchun ham odatda, biznes uzoq muddatli istiqbolda muayyan moliyalashtirish usuliga yoki investitsiyalar turiga bog‘liq bo‘ladi Biznes moliyasi va risk. Risk mavjud bo’lmagan joyda, kutilgan daromad risksiz stavka ( risk-free rate)ga teng. Riskning o’sishiga qarab risk uchun mukofot(risk premium) risksiz stavkadan o’sib boradi. Biznes moliyasi va buxgalteriya hisobining bog‘liqligi Biznes moliyasi va buxgalteriya hisobi (accounting) – bir xil narsalar emas. Buxgalteriya hisobi moliyaviy hujjatlarni yuritish, hisobotlarni muntazam tayyorlash, buxgalteriya balansini tuzish va tahlil qilish, shuningdek, menejerlarga, u yoki bu darajada investorlarga va keng jamoatchilikka axborot yetkazish bilan bog‘liq. U taqdim qiladigan ma’lumotlarning sifatliligini, informativligini va o‘z vaqtidaligini ta’minlashi lozim. Shubhasiz, insonlar moliyaviy qarorlarni qabul qilishda, qoidaga ko‘ra, asosan moliyaviy hisobotlarga va buxgalteriyaning bazaviy ma’lumotlariga tayanadilar. O‘tgan vaziyatlarni o‘rganish kelajakdagi qarorlarni qabul qilish uchun yaxshi qo‘llanma bo‘lishi mumkin. Download 29.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling