Mavzu: biznes moliyasiga kirish reja
Download 29.1 Kb.
|
biznes moliyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (derivativlar)
Imtiyozli aksiyalar (preference shares) – odatda o‘z egalariga birinchilardan bo‘lib dividend olish huquqini bersada, o‘zida kompaniyaga qo‘yilmalarning risk bilan bog‘langan elementini ifoda qiladi, odatda, har bir imtiyozli aksiyalarga aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadigan dividend to‘lash limiti mavjud. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend to‘liq to‘lanadi.
Aksariyat kompaniyalar uchun imtiyozli aksiyalar asosiy moliyalashtirish manbasi hisoblanmaydi. Imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalarga nisbatan kafolatlangan daromadni ta’minlaydi, oddiy aksiyalar esa umuman, hech qanday daromad olishni kafolatlamaydi. Ko‘pgina kompaniyalarning imtiyozli aksiyalari qimmatli qog‘ozlar bozorida kotirovka qilinadi. Xuddi oddiy aksiyalarda bo‘lgani kabi, imtiyozli aksiyalar narxlari ham investorlarning kelajakni idrok etishi (bashorat qilishi)dan kelib chiqqan holda o‘zgaradi. Qoidaga ko‘ra imtiyozli aksiyalar narxlari oddiy aksiyalarga nisbatan kamdan-kam o‘zgaradi. Shuningdek, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari nisbatan barqaror va odatda, nisbatan ko‘proq miqdorga ega. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (derivativlar) Biznes moliyasining va korporativ menejment boshqa sohalarining faol rivojlanishining oqibatida taxminan 1980-yillardan boshlab hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (derivatives) qo‘llanila boshlandi. Derivativlar – aktivlar yoki majburiyatlar bo‘lib, qiymati uning asosida yotgan aktivga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, istalgan aktiv derivativ predmetderivativlari bo‘lishi mumkin. Amaliyotda esa, odatda uchun asos sifatida xomashyo mahsulotlari (commodities), masalan, kofe, g‘alla, mis va moliyaviy instrumentlar (financial instruments), masalan, kompaniya aksiyalari, ssudalar xorijiy valyuta bo‘ladi. Kompaniyalar foiz stavkalari, aktsiyalar narxi va valyuta kursining o'zgarishi bilan bog'liq ko'plab risklarga duch kelishadi. Sarmoyador uchun moliyaviy xatarlarni kamaytirishning eng aniq usullaridan biri aktsiyalar va qarz vositalarining yuqori darajada diversifikatsiyalangan portfelini, shu jumladan, xalqaro qimmatli qog'ozlar va to’lov vaqti turli muddatlarda bo'lgan qarz majburiyatlarini yaratishdir. Shu bilan birga, moliyaviy risklarni kamaytirish uchun hosilaviy qimmatli qog‘ozlardan ham foydalanish mumkin. Hosil bo'lgan derivativlar - bu derivativlar, ularning narxi asosiy aktivlarning qiymatiga qarab hisoblab chiqilgan, real bo'lmaganlari sotiladigan va sotib olinadigan bitimlar to'plami. Derivativ bitim - majburiyatlarni bajarish muddati kechiktirilgan bitim. Download 29.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling