Mavzu: Biznes yurituvchi subyektlar ustidan davlat nazorati. Reja


Download 35.34 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi35.34 Kb.
#1495210
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-Mavzu

Statistika axborotlarini va boshsa axborotlarni taxlil silish
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari xisob va xisobotni qonun xujjatlariga muvofik yuritadi. Xisobot tadbirkorlik sub’ektining xoxishiga kura kogozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ektlarining elektron shaklda takdim etilgan xisoboti tadbirkorlik sub’ektining elektron rakamli imzosi bilan tasdiklanadi. Davlat tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron shaklda xisob yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarkatish orqali rag’batlantiradi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari fakat davlat statistika organlari va davlat solik xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat solik xizmati organlariga belgilangan shakllarda xisobot takdim etadi. Davlat organlarining tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun xujjatlarida nazarda tutilmagan kushimcha xisobot turlarini belgilashi man etiladi.
Avstraliyada davlat nazoratini quyidagi turlari mavjud
- o’zini-o’zi nazorat qilish, ya’ni davlat ishtirokisiz o’zining standartlarni urnatish, ularni kullash va ximoya qilish;
- vazaboshqaruv (sherik boshqaruv) , biznes tomonidan ishlab chikiladigan kodeks va koidalarga amal qilishni ta’minlash shaklida davlat aralshuviga yul kuyish;
- davlat nazorati - majburiy normativ aktlarni kabul qilish. Ijrosi ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi.
Xar bir xolatda erkin bozor faoliyatiga aralashish zarurati mavjudligi isbotlangan, birinchi navbatda albatta eng engil opsiyadan boshlanadi - o’zini o’zi boshqari keyin - kvazaboshqaruv va eng zarurat xolatdagina - davlatning aralashuvi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish turlari
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish quyidagi turlarga ajratiladi: a) reja asosida tekshirish; b) rejadan tashkari tekshirish; v) mukobil tekshirish; g) nazorat tartibida tekshirish. SHuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va tadbirkorlik sub’ektlarini ularning xo’jalik faoliyatini taftish qilish bilan boglik bulmagan xolda tekshirishning o’ziga xos jixatlari xam qonun xujjatlarida belgilangan. Xususan, Nazorat kiluvchi organlar faoliyatini muvofiklashtiruvchi Respublika kengashining 2007 yil 23 avgustdagi 1-son sarori bilan tasditslangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 3 sentyabrda 1712-son bilan ruyxatga olingan “Nazorat siluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi tugrisida”gi Nizom bilan tartibga solingan. Tadbirkorlik sub’ektlarini ularning xo’jalik faoliyatini taftish qilish bilan boglik bulmagan xolda tekshirish tegishli nazorat kiluvchi (yonginga karshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, koida tarikasida, bir marta utkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi. Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli organ tasdiklagan rejalar asosida utkaziladi. Reja asosida tekshirish - tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat kiluvchi organlar faoliyatini muvofiklashtirish buyicha maxsus vakolatli organning karoriga binoan nazorat kiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda kupi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, bundan xususiy korxonalar va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollar mustasno.
Belgilangan normalar va koidalarga o’z vaktida xamda tula xajmda rioya etuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat kiluvchi organlar tomonidan kupi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat kiluvchi organlar tomonidan kupi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar kupi bilan turt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining moliya- xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar kupi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ruyxatidan utkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan utkazilmaydi, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.
Bunga quyidagi xolatni misol sifatida keltirish mumkin, ya’ni Aksiz tulanadigan tovarlar ishlab chikaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya- xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet xamda markazlashtirilgan mablaglar va resurslardan maksadli foydalanish bilan boglik moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ruyxatidan utkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o'tkazilmaydi.



Download 35.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling