Mavzu: Biznesda ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar Reja: Kirish Biznes iqtisodiyot va sanoat 2


-jadval. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va umumiy kapitali, mlrd. so’m


Download 2 Mb.
bet6/8
Sana10.07.2023
Hajmi2 Mb.
#1659523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biznesda ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar

1-jadval. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va umumiy kapitali, mlrd. so’m



Ko’rsatkichlar

2005

2006

2007

2008

2009

Kreditlar

3876,0

4104,2

4777,6

6374,4

8558,2

Depozitlar

1688,7

2544,5

3829,2

5771,6

8703,1

SHu jumladan:
















- yuridik shaxslar depozitlari

1239,2

1866,2

2834,6

4127,6

5953,2

- jismoniy shaxslar depozitlari

449,5

678,3

994,6

1644,0

2749,9

Umumiy kapital

930,9

1070,1

1502,6

2104,3

3010,4

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2005-2009 yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta oshgan.


Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Bu esa banklar monitoringi bilan shug’ullanadigan xalqaro Bazelь qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir.
Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank tizimining 90 foizdan ortig’ini tashkil qiladigan 14 ta tijorat banki «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo’ldi.
Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar hisobraqamlaridagi mablag’lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo’lib, bu ularning to’liq himoyasini va to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to’lovlar bo’yicha joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko’pdir. Boshqacha aytganda, respublikamiz bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan.
Bank tizimining mustahkamlanishi va unga nisbatan aholi ishonchining ortishi natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda.
Faqat o’tgan yilning o’zida aholi omonatlari miqdori 1,7 barobar oshdi (2-rasm).
Rasmdan ko’rinadiki, 2003-2010 yillar mobaynida aholi daromadlari hajmi 16 barobardan ko’proq oshgan.
Keyingi yillarda banklarning kredit portfeli tarkibi tubdan o’zgarib bormoqda. Agar 2000 yilda kredit portfelining qariyb 54 foizi tashqi qarzlar evaziga shakllangan bo’lsa, 2009 yilda banklarimiz jami kredit portfelining 84 foizi ichki manbalar hisobidan shakllantirilgan.



2-rasm.

Bugungi sharoitda esa bunday ijobiy o’zgarish iqtisodiyotimizning istiqboldagi taraqqiyoti uchun g’oyat muhim ahamiyatga ega.


Aytish kerakki, tashqi qarzlar aksariyat hollarda uzoq muddatga, faqat iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalash uchun jalb qilinmoqda.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq:
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo’yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
- kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag’larini to’ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo’yicha – Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga;
- kichik biznes sub’ektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo’yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur soha vakillari tomonidan kreditga bo’lgan talabning va ayni paytda ularga berilayotgan kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda (2-jadval).



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling