Mavzu: Biznesda ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar Reja: Kirish Biznes iqtisodiyot va sanoat 2
-jadval. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari
Download 2 Mb.
|
Biznesda ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar 2005 2006 2007
2-jadval. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari
tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlarning dinamikasi, mlrd so’m
Jadvaldan ko’rinadiki, 2005-2009 yillar davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan jami kreditlar miqdori 4,4 barobar, mikrokreditlar miqdori esa 7,1 barobar oshgan. SHu o’rinda tijorat banklari kreditlari to’g’risida so’z borganda ularning maqsad yo’nalishlari jihatidan tarkibi ham takomillashib borayotganligini ta’kidlash lozim (3-rasm). Banklarning investitsiya maqsadlariga yo’naltirilgan kreditlarining umumiy kredit portfelidagi ulushi qariyb 70 foizni tashkil etdi, iqtisodiyotimizning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlarining umumiy hajmi esa 2009 yilda 2000 yilga nisbatan 14 barobar oshdi. So’nggi o’n yilda iqtisodiyotning real sektorlarini kreditlashga yo’naltirilgan ichki manbalar 25 barobardan ziyodroq ko’paydi. 3-rasmdan ko’rinadiki, 2009 yilda jami bank kreditlari tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi 78,3 foizni tashkil etgan Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, mamlakatimizdagi bank-moliya sohasining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar moliyaviy ta’minotining kuchayishiga, iqtisodiyot real sektorining har tomonlama qo’llab-quvvatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarining ta’minlanishiga zamin yaratmoqda. Bank operatsiyalari aktiv va passiv operatsiyalardan iborat bo’lib, passiv operatsiyalar pul mablag’larini ma’lum bir yo’nalishga safarbar etishga qaratilgan bo’ladi. Banklar passiv operatsiyalar orqali jamg’armalarni va vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni ishlab chiqarishga safarbar etib, foyda oladi. Aktiv operatsiyalar turli xarakterdagi kreditlarni berish operatsiyalari bilan bog’liq bo’lib, quyidagi elementlari bo’yicha turkumlanadi: 3-rasm. Muddatlari bo’yicha kreditlar qisqa, o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan bo’ladi. Kreditlar hajmi bo’yicha kichik, o’rta, yirik mikdorda har bir mijozga individual va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda beriladi. Ayrim turlari bo’yicha mahsus kafolatni talab qiladigan, garov evaziga beriladigan kreditlar bo’ladi. Kreditlarni turlari bo’yicha, ya’ni davlat, tijorat, halqaro va boshqa turlari bo’yicha berish. Zayomni turlari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslarga berish. Vaqtinchalik foydalanish uchun, iste’mol uchun, qarzlarni to’lash uchun, eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun beriladigan kreditlar. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari o’z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo’ladilar. Bu jarayon oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar, asosan, korxonalar orqali bank o’z faoliyatini olib borganligi bilan xarakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarishga o’z mablag’larini safarbar etib boradilar. Tadbirkorlarning banklar bilan bo’ladigan operatsiyalarida ko’pgina erkinliklar berib qo’yilganligi shunda namoyon bo’lmoqdaki, xususiy tadbirkor o’z jamg’armasini O’zbekistonning turli banklaridagi o’z hisob schyotida saqlash, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o’tkazish yo’li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni saqlashni kafolatlab beradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshiriq qog’ozi bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyalarni bajarishi zarur. Mulk egalari hisobiga pul o’tkazish shahar ichida 4 ish kunida, viloyat ichida 5 ish kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bu qonun shartlari buzilsa, mijozga yillik foiz miqdorida bank jarima to’laydi. Bank mijozlarning arizasiga binoan ularga tegishli operatsiyalarni bajaradi. Banklar tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan kiritilgan o’zgarishlardan, qoidalardan ayniqsa, hisoblar bo’yicha naqd pulsiz tarzdagi operatsiyalar bo’yicha o’zgarishlardan xabardor qiladi. Bank mijozga kechikib o’tkazgan operatsiyalari uchun, pulni noto’g’ri jo’natganligi uchun, aybdor sifatida, har bir kun uchun o’tkazilayotgan summaning 3 foizi mikdorida jarima to’laydi. Bankning aybi bilan hisob hujjatlari yo’qolsa, mijozga hujjatda ko’rsatilgan summaning har bir kuni uchun 3 foiz miqdorida jarima to’lanadi. Tadbirkorlar bilan bank o’rtasida kredit berish bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini chuqur o’rganib, unga rioya qilishi lozim. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij valyutasida operatsiyalarni bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ayniksa, tashqi savdo jarayonlari bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’liq. Valyuta operatsiyalari valyuta kursi bo’yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi. Halqaro maydonda AQSH dollari valyuta kotirovkasida baza sifatida qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi, kurs bo’yicha, AKSH dollariga solishtirib boriladi. Dollar kursi abadiy bo’lmay, u ham o’zgarib turadi. Bu o’zgarish har kuni ham bo’lishi mumkin. SHuning uchun banklar kursni bank faoliyat boshlash yoki yopilish vaqtidagi kurslar bo’yicha hisob-kitob ishlari olib boradi. Valyuta kursining o’zgarib borishi haqida har xafta matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Valyuta operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit, qimmatli qog’ozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va sotish kabilar egallaydi. Xo’jalik yuritish jarayonida xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob schyotiga ega bo’lish huquqini olib, erkin tarzda valyutani sotib olishlari ham mumkin. Tadbirkorlar ham, xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishi uchun valyutani erkin sotib olish huquqiga egadirlar. Umuman, bozor iqtisodiyoti jahondagi rivojlangan mamlakatlarning muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya harid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida xizmat sifatini oshirishga, ishlab chiqarish sohasida sifatli tovarlar ishlab chiqarib, uni sotishdan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Kichik biznes va Iususiy tadbirkorlik, mmat ko'rsatish va servis, kasanachilik sohalarining O'zbekiston Respublikasida Jabon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sbaroitida barqaror rivojlanishi O'zbekiston RespubJikasi Prezidenti Islom Karimovning «lahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ham barqaror rivojlanganligiga alohida e'tibor qaratilgan. 9 Xo'jalik yurituvchi subyektlaming soIiq yukini -yanada kamaytirish, mikrofinna va kichik korxonalar uchun yagona soIiq to'Iovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan oIinadigan daromad solig'i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomiIlashtiriIishi tadbirkorIik, kichik va xususiy bimesni izchiI rivojlantirish uchun kuchli rag'batIantiruvchi omiIIar yaratdi. .Faoliyatyuritayotgan kichik biznessubyektlari soni, ming birlik Natijada 2008-yili faoIiyat yuritayotgan kichik bimes subyektlari soni qariyb 400 mingt4mi tashkil etdi, bu mazkur ko'rsatkichning so'nggi olti yil mobaynida 1,9 barobar ko'payganligini bildiradi (l-rasm). FaoIiyat ko'rsayotgan kichik bimes subyektlarining saImog'i 1,7% ga, shujumladan, sanoatda - 1,3% ga, qurilishda - 3,4% ga, transportda - 22,2% ga va boshqa ishlab chiqarish sohalarida - 9010 ga oshdi. FaoIiyat ko'rsatmayotgan tadbirkorlik subyektlari uIushi 8,6% ni tashkil etdi. O'z o'mida aytish kerakki, bu ayrim rivojlangan mamlakatlar ko'rsatkichidan ancha past. Kichik bimes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsuIotIari hajmi o'tgan yili salkam 22 foizga ko'paydi. Bu sanoat tannog'idagi o'rtacha o'sish ko'rsatkichidan ancha ko'pdir. Shuning natijasida kichik bimesning yalpi ichki mahsuIotdagi uIusQi 2007- yildagi 45,5 foizdan 2008-yilda 48,2 foizga ko'tarildi (2-~Ill)' Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo~lganjami aholining 76 foizdan ko'prog'i aynan shu sohada mehnat qilayotgani, ayniqsa, ~'tiborlidir. Kichik banes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi, foizda . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati rivojlantirishga oid dasturIarni amalga oshirish natijasida o'tgan yilda 37 mingdan ortiq yangi kichik biznes subyektlari, 1J 9,6 mingta yakk:~ tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashldl etildi, Shuningdek, ": .tarJ.qbiy 0' zgartirilayotgan monopolist-korxonalarning c' foydalanilmayotgan quvvatlarida 130 taturli mulkchilik shakllariga asoslangan yangi kichik korxonalar tashkil etilib, ularda 7,5 mingga yaqin ish o'rinlari yaratildi. 83 • ta bankrot korxonalar negizida 92 yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ularda 9,8 mingta ish. o'rinlari yaratildi. Mamiakatimizdagi aholini ish bilan ta'minlash muarnmolarini hal qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorIikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko'rsatish sohasi.va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag'batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda .. O'tgan yil' mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin, jumladan, kichik biznes sohasida - 374 mingta, xizmat ko'rsatish va servis sohasida - qariyb 220 mingta, kasanacliilik hisobidan esa - 97 ming 800 ta yangi ish o'mi Yaratildi. Iqtisodiyotda ish o'rinlari sonini ko'paytirishda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish va kengaytirish muhim o'rin tutadi. 2008-yili . aloqa, axborotlashtirisp, moliya, bWtk, p-ansport xizmati ko'rsatish, maishiy texnika va avtomobillarni ta'mirlash sohalari ancha yuqori sur'atlar bilanrivojlandi (1.5.1-jadval). So'nggi to'rt yil mobaynida yiliga o'rtacha 50 foiz o'sishni ta'minlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko'rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta'kidlash lozim. Natijada xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007-yildagi 42,5 foizdan 2008-yilda 45,3 foizga o'sdi 1.5.3-rasm). Shu bilan birga, Prezidentimiz ayni paytda qishloq aholisiga ko'rsatilayotgan xizmatlar hajmi yildan-yilga o'sib borayotganiga qaramay, hali-beri past darajada - bor-yo'g'i 26,8 foiz bo'lib qolayotganiga alohida e'tibor qaratish lozimligini, aholiga xizmat kp~rsatish sifati ham talab darajasida emasligini ta'kidlaganlar. Xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, foiida Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi va aholi daromadlarini oshirishda kasanachilik hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida qoramol boqish sohalarining ahamiyati yildanyilga kuchayib bormoqda. Jumladan, bu borada quyidagi natijalar qo'lga kiritildi: - 2008-yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar kO'rsatildi; - kasanachilik orqali korxonalar o'zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 mlrd. so'mdan ortiq mablag'ni tejashga erishdi; -'chorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008-yili kimoshdi savdolarida 20300 bosh qoramol sotildi, 2009-yilda yana 24600 bosh qoramol sotilishi ko'zda tutiImoqda; - agar 2007-yilda qoramol sotib olish uchun 42,5 mird. so'mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo'lsa, 2008-yilda bu raq~ 48,2 mlrd. so'mni tashkil etdi; - 2006-yildan hozirga qadar kam ta'minlangan oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi; - 7009-yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro'yxatga olingan fuqarolaming umumiy soni 1,1 mIn. kishidan ko'proqni tashkil etdi; - qoramol boquvchi sifatida ro'yxatga olingan fuqarolardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi. Umuman olganda, mamiakatimizda kichik bimes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va servis, kasanachilik sohalarini barqaror rivojlantirish borasida ahamiyatli ishlar amalga oshirilib, ular pirovardida aholi turmush darajasining yuksalishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Bugungi. balqichda kuanachilik sohasi bandlik va oila budjeti daromadlarini oshirishning qo'shirncha manbaiga ayIanib borayotganini hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni," birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqflA, ko'p boJali ayoIIarni,yordamga muhtoj noglrgnlar va mehnat qoblliyati cheklangan boshqa shaxsIarni ishIab chiqarish faoJiyatig~jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. LKarimov( ......... ). Xulosa Umuman, bozor iqtisodiyoti jahondagi rivojlangan mamlakatlarning muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya harid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida xizmat sifatini oshirishga, ishlab chiqarish sohasida sifatli tovarlar ishlab chiqarib, uni sotishdan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Kichik biznes va Iususiy tadbirkorlik, mmat ko'rsatish va servis, kasanachilik sohalarining O'zbekiston Respublikasida Jabon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sbaroitida barqaror rivojlanishi O'zbekiston RespubJikasi Prezidenti Islom Karimovning «lahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ham barqaror rivojlanganligiga alohida e'tibor qaratilgan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling