Mavzu: Biznesda ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar Reja: Kirish Biznes iqtisodiyot va sanoat 2
Download 2 Mb.
|
Biznesda ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning entsiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi:
Tadbirkorlik – (ingl. yenterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko’zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag’ bilan bog’liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta’rifda tadbirkorlik faqat ma’lum faoliyat bilan shug’ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko’rsatishdan iboratligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko’rsatilmagan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: xo’jalik faoliyati olib borayotgan sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligi. Huquqiy me’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin. iqtisodiy manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko’zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shishdir. xo’jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bo’lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti o’tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshla-nishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. Jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e’tibor beriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat – xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga haq to’lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to’lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning barcha turlari banklar orqali, o’z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar bank va banklar bilan bo’ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo’jaligining muhim xo’jalik yuritish qismi bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog’langanligi bugungi kunda hammaga ma’lumdir. SHuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQSHda bank tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bo’lib, tadbirkorlikning aktiv iqtisodiy faoliyat ko’rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko’rsatadi. Bugungi kunda mamlakatimiz 30 ta bank faoliyat ko’rsatib, shundan 3 tasi davlat banklari, 13 tasi aktsiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi xususiy banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (1-rasm). 1-rasm. Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o’z navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda (1-jadval). Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling