Mavzu: biznesni strategik boshqarish mashinali o’qitish fanidan


Download 336.23 Kb.
bet5/9
Sana09.04.2023
Hajmi336.23 Kb.
#1343465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sultonazarov Xojiakbar 611-20 (3)

Strategik rejalashtirish - bu raqobatbardoshlik afzalliklarini moliyalashtixish va rivojlantirish, unga erishish va saqlab qolishga olib keluvchi ichki va tashqi omillami tadbiq qilish, korxona strategik holatini tahlili jarayonidir. Strategiyaning nafaqat koiporatsiya raqobatbardoshligi jihatlarini rivojlantirishga yo‘nalgan bo£lishi, balki uni kapitalizatsiyasiga ham yo‘nalishi lozimligini ko‘pgina strategik boshqaruv muammolari bilan shug‘ullanuvchi professional mualliflar ham ta’kidlashadi. Shu jumladan Fred R. Devid shunday deb yozadi: «Tanlanayotgan strategiya qulay tashqi muhitdagi afzaliiklami ola bilishi va tashqi xatarlardan ishonchli himoya qilishi, korxonaning kuchli taraflarini samarali ravishda kapitaiizatsiyalashi va uning yordamida zaif jihatlarni bartaraf eta oli&hi kerak. Ammo, tegishli tahlil o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan analitik qurol, hali hamon jiddiy rivojlanishga muhtoj»
Strategik tashkillashtirish — korporatsiyani tanlagan strategiyasini nisbatan to‘liq va samarali bajarilishini taminlashni tashkil etishga moslashuv jarayonidir. Aslida bu moslashishlar qabul qilingan strategiyadan kelib chiqadigan korxonaning maqsad va vazifalari tizimini ishlab chiqish, uning o'zgarishi va resurslarini о‘rnini bosishdan iborat. Strategik tashkillashtirish ko‘pincha butun strategik boshqaruv jarayonining eng qiyin bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki bu har bir kishidan o‘ziga talabchanlikni taqozo qiladi. Buni samarali amalga oshirish menejerdan ishchilami to‘qri rag‘batlantirishni talab qiladi, bu esa san’at hisoblanadi.
Strategik nazorat va tartibga solish — korporatsiya erishgan holatining tahlili va baholash jarayoni bo‘lib, pirovardida strategik maqsadlarga to‘liqroq erishishni tashkil etishdan iborat.
Bizni o‘rab turgan muhit juda ko‘p elementlarning o‘zaro munosabatidan yuzaga keladigan turli voqea-hodisalardan iborat murakkab tizim. Biron bir voqeaga munosabat bildirishda, hech qachon ishonch bilan maqsad sari erishilgan barcha yutuqlami bu voqea yo‘qqa chiqara olmaydi, deb aytib bo‘lmaydi. Ammo voqea-hodisalarga munosabat bildirmay turib, o‘z maqsadimizga erishishga umid qilmasa ham bo'ladi. Shuning uchun ijobiy yutuqqa erishish imkoniyatini oshirish uchun voqealarga va ubilan aloqa tizimiga aktiv ta’sir etish, bir so‘z bilan aytganda, boshqaruv zarurdir.
Tashkilotning o‘z atrofidagii munosabat xarakteriga ko‘ra boshqaruvning uch modeli (yoki turi) ko‘rsatiladi: ma’muriy situatsion va strategik. Agar bu boshqaruv turlarining mazmunini izohlasak, u holda ma’muriy va direktiv, situatsion va reaktiv, strategik va proaktiv boshqaruvlar orasiga tenglik ishorasini qo‘yish lozim bo‘ladi.
Aslida ma’muriy boshqaruvning administrativ model falsafasi kabi qaror qabul qiluvchi va ijro etuvchi oiganlar mavjudligini taqozo qiladi. Javobgarlik esa qaror qabul qiluvchi organ zimmasiga tushadi. Ijro organlari esa ma’lum ko‘rsatmalar olmaguncha hech qanday harakatni amalga oshirmaydi. Shuning uchun, korxonaning ijro organi va uni o‘rab turgan olam o‘rtasida ma’muriy tizim to‘sig‘i mavjud.
Voqea-hodisalar o‘zgarishiga munosabat bildirish situatsion boshqaruv falsafasi kabi, tijorat-ishlab chiqarishning samarali faoliyati trayektoriyasini bashorat qiluvchi tashkilotning normativ faoliyatini talab qiladi.


Download 336.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling