Mavzu: biznesni strategik boshqarish mashinali o’qitish fanidan


Strategik boshqaruv modellari


Download 336.23 Kb.
bet6/9
Sana09.04.2023
Hajmi336.23 Kb.
#1343465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sultonazarov Xojiakbar 611-20 (3)

1.2. Strategik boshqaruv modellari
Strategik boshqaruv modeli qanday bo‘lishi lozimligi yuzasidan bir qancha takliflar mavjud. Fred R. Devid, John L. Tompson modellari nisbatan ko‘proq tanilgan. Strategik boshqarishni modellashtirish borasidagi farqlarga qaramay, ular o‘rtasidagi umumiylik ko‘proq. Eng awalo aytish joizki, istalgan modelda strategik boshqaruvni uch bosqichdagi jarayoni ajratiladi.
• strategik rejalashtirish bosqichi (strategiyalar ishlab ehiqish, strategik tahlil va tanlov);
• strategik tashkillashtirish bosqichi yoki tanlash strategiyaga mos ravishda tashkiliy tizimni sozlash (strategiyani tadbiq etish, amalga oshirish);
• strategik nazorat va tartibga solish bosqichi (strategiyani baholash, ishontirish va ijroni baholash).
Strategik rejalashtirish bosqichida raqobatbardoshlik ustunliklari kapitalizatsiyasi va rivojlanishi, saqlab qolishi va erishishga olib keluvchi tashqi va ichki omillar izlanuvchanligi, strategik holat tahlili, uning missiyasini aniqlash orqali korporatsiya strategiyasi aniqlanadi.

1.1-rasm. Strategik boshqaruv modeli


(John L. Thompson, 1993 bo‘yicha)
Manba: Лейни T.A, Семенова E.A., Шилина C.A. Бренд — менеджмент: Учебно-практическое пособие. - М.: «Дашков й Ко», 2008. - 142 с.
Strategik tashkillashtirish bosqichida barcha resurslami bir joyga keltirish va korxona ichidagi munosabatlari, barcha maqsad, vazifa va tanlangan strategiyaga mos ravishda ishchilar ma’sulligmi amalga oshiriladi. Ayni shu yerda kompaniyaga kerakli tashkiliy o'zgartirishlar kiritiladi va uning tuzilmaviy boshqarmalari siyosati ishlab chiqiladi.
Bizning fikrimizcha, Devid va Tompson taklif qilayotgan modellaming eng kamida ikkita kamchiligi mavjud:
Birinchidan, ular strategik boshqaruv jarayonini kelib ehiqish nuqtasi, boshlanish nuqtasi borasida ma’lumot bermaydi. Shuni taxmin qilish mumkinki, bunday nuqta tashkilot missiyasi hisoblanadi. Unda, agar missiya belgilansa, u hech qanday tuzatishlar kiritishga muhtoj emas. Ikkinchidan, bunday modellar strategik boshqaruvni taktik va operativ boshqaruv bilan o‘zaro tashkiliy bog‘liqligini yashiradi. Shuning uchun uning tashkilotni boshqarish tizimidagi roli yashirinligicha qoladi.
Strategik boshqaruv jarayonining boshlang‘ich punkti biznesg‘oyanining tug‘ilishi va tadbiq qilinishi deb bilish ma’qullanadi. Biznes-g‘oya bu har qanday tijorat va ishlab chiqarish faoliyatining «ruhi» hisoblanadi. «Ruhsiz» biznes boMishi mumkin emas.
Biznes-g‘oya asosida tashkilotning maqsadlari yuzaga keladi, ya’ni pirovard natijada o‘z faoliyatidan erishmoqchi bolgan natija paydo bo'ladi. So‘ngra tashkilotning muddatdagi o‘z biznesining strategik bo‘shlig‘ini qayerdaligi va, shuningdek, maqsadining moslashuvidan kelib chiqib, uning strategiyasi aniqlanadi. Qabul qilingan strategiyalar asosida ma’lum vaqtdan so‘ng erishish lozim boigan maqsadlar tizimi ishlab chiqiladi. Bu maqsadlar tashkilotning maqsad moslashuvi bilan o‘zaro mos keladi.
Qo‘yilgan maqsadlari asosida dasturlar, rejalar va, qolaversa, ishlab chiqarish jarayonini barcha tashkiliy tizimlari ishlab chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlar jarayonida olinayotgan natijalar nazorat qilinadi va tekshiriladi va zarur bo'lganida tashkiliy ta’minot dastur va rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Agar kompaniya ko‘p tarmoqli korporatsiya bo‘lsa, bu bosqichda korxonaning quyi tabaqalarida turgan tashkilotlarning strategik re ja lush t irish va tashkillashtirish jarayoni amalga oshiriladi
1.2-rasm. Strategik boshqaruv modeli Manba:
Коллис Д.Дж., Монгомери C.A. Корпоративная стратегия. Ресурсный подход / Пер. с англ.— М.: «Олимп-Бизнес», 2007. — 214 с.
«o‘zidagi buyum» emas, balki uning tashkilotda o‘z o‘miga ega bo‘lgan uch turini farqlaydi. Eng awalo, korxonani bir butunlik sifatida ko‘rsatuvchi strategiya mavjud. Bu korporativ strategiya deb ataladi.
Odatda rnonoishlab chiqaruvchi, ya’ni faqat birgina faoliyat turini olib boruvchi korxonalar kam uchraydi. Bir korxona aslida unga daromad keltiruvchi yoki boshqa foyda keltiruvchi bir qancha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi, ya’ni biznes portfeliga ega bo‘ladi. Biznesning har bir turi uchun ma’lum biznes strategiyasi belgilanadi.
Nihoyat, korxona marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish, moliya, investitsiya va kadrlar borasida ma’lum strategiyaga ega bo'lishi kerak. Bular funksional strategiyalar deb nomlanadi.
Korxona korporativ darajada, qoidaga ko‘ra, ma’lum hisobdagi maxsuslashgan biznes bo‘linmalarga ega bo‘lib, ko‘p tarmoqli, ko‘p mahsulotli, ко‘р bozorli tashkilot sifatida namoyon bo'ladi. Alohida olingan bozorlarda korporatsiyalarning o‘zlari raqobatlashmay, ulaming mos biznes-bo‘linmalari raqobatlashadi. Shuning uchun korxona korporatsiya sifatida ko‘rilganda, uni aniq raqobatchilarini ko‘rsatish mumkin emas1. Ayni shu sababdan korporativ strategiyalar, ularni quyidagilarda namoyon bo‘ladigan global raqobatli afzalliklar yo‘nalishiga qarab farqlash mumkin:
1 — nisbatan past xarajatlarda;
2— farqli sifatlarda.
Nisbatan past sarf xarajatlar korxonaning bozordagi o‘rtacha xarajatlar darajasidan kamroq bo'ladi. Mahsulotni bozordagi o‘rtacha narxda sotib ham korxona katta daromad oladi. Raqobatbardoshlik ustunliklar nisbatlari bu holda kapital qo‘yilmalardan olingan daromad (ROI), aktivlardan olingan daromad (ROA) hisoblanadi.
Farqli sifatga erishish — bu xaridorni antiqa va tovarning yangi sifati, alohida iste’mol ko‘rsatkichlari va sotuvdan keyingi xizmat bilan ta’minlashdan iboratdir. Farqli sifatlar korxonaga yuqori narxlarni belgilash imkonini beradi, bu esa yana katta daromad olish demakdir. Ba’zida bir vaqtning o£zida farqli sifat va kam xarajat kocrsatkichlari asosida raqobat ustunligiga erishish mumkin. Ammo bunga erishish juda mushkul, chunki tovarning yuqori iste’mol ko‘rsatkichini ta’minlashga moijallangan alohida sifat ko‘rsatkichi, odatda katta xarajatlar bilan bog' liq va tovarning qimmatlashuviga olib keladi. Lekin bunga ishlab chiqarishnmg yangi texnologiyalarini jalb qilish asosida erishilsa, u holda raqobat ustunligiga erishish mumkin.
Ushbu holatda, korxonaning korporativ maqsadlariga qanday erishish va umuman bunga erishish mumkin bo‘lsa, birinchi va asosiy navbatda korxona qanday biznes bilan shug‘ullanishi va o‘z biznesining har biriga qanday rivojlanishi strategiyasiga bog‘liq.
Biznes miqiyosda korxonaning biznes tarmog‘idagi raqobatli ustunlffiariga erishishish, saqlab qolish va kapitalizatsiyasini amalga oshirish uchun muayyan yondashuv aniqlanib, korporativ holat nuqtai nazaridan juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi tuzilgan korxona uchun, boshlang‘ich kapitali oz bo‘lgan holda, biznesning shunday tarmog‘ini tanlash lozimki, investitsiya daromadliligi va investitsiya tavakkalchiligi maksimal darajada bolishi kerak.
Bu biznesni tushunishga undaydi: doimiy minimal xarajatlar (aylanmadan qat’iy nazar), o‘zgamvchan xarajatlar minimal me’vyori va daromadlar maksimal me’yori bilan bog‘liq. Biznesning ziyonsizlik nuqtasi.
Bunday sharoitlarda biznesning ziyonsizlik nuqtasi mumkin bo‘lgan minimal hajm, ya’ni minimal aylanma bilan assotsiyalanadi. Bu talablarni to‘lov qobiliyatiga ega mijozlar bilan yuqori talab darajasidagi tovarlar savdosi qondira oladi.



Download 336.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling