Mavzu: Biznesni tashkil etish shakllari: afzalliklari va kamchiliklari Reja


Download 9.55 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi9.55 Kb.
#1325656
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Biznesni tashkil etish shakllari afzalliklari va kamchil-fayllar.org

Fuqarolik kodeksiga muvofiq, «o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya’ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Yuridik shaxs tashkil qilgan holda korxonalarni tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritish shakllari keng qamrovli bo’lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

Mulkchilik shakli bo’yicha
-jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan (xususiy korxonalar);
-jamoa mulki negizidagi hamkorlikka asoslangan (xo’jalik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat);
-davlat mulkiga asoslangan;
-mulkchilikning aralash shaklidagi (qo’shma korxonalar).
Band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni bo’yicha:
-mikrofirma;
-kichik korxona;
-oilaviy korxona.


Tarmoq tarkibi bo’yicha
-sanoat sohasidagi;
-qishloq xo’jaligi sohasidagi;
-savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi;
-maishiy xizmat ko’rsatish sohasidagi;
-transport va aloqa sohasidagi;
-uy-joy va kommunal xo’jaligi sohasidagi;
-qurilish sohasidagi;
-tijorat va moliya sohasidagi;
-ta’lim va fan sohasidagi;
-boshqa sohalardagi.

Faoliyat maqsadlariga ko’ra
-foyda olishni maqsad qilib qo’ygan tijoratchi;
-foyda olish emas, balki ijtimoiy samarani — homiylik, xayriya, beg’araz yordamni maqsad qilib qo’ygan tijoratchi bo’lmagan.

Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra
-ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar;
-iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.





Download 9.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling