Mavzu: Biznesning uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish reja I. Kirish II. Asosiy qism
Download 124.33 Kb.
|
Biznesning uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mavzu: Biznesning uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish REJA I. Kirish II. Asosiy qism 2.1 Biznesni uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish 2.2 Biznesni rejalashtirishni tayyorlash bosqichlari 2.3 Biznesni rejalashtirish tuzilmasi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Biznesni rejalashtirishning mohiyati va vazifalari: Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi: -biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; -bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar (xizmat)lar narxi prognozlari; -ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); -marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); -mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; -loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; -loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes rejani ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi („birinchi rahbar“), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.dasturlari hamda loyihalari — dasturlar boʻyicha boshqarish markaziy oʻrinni egalaydi. Mas, Fransiyada umummilliy 5 yillik rejalar aksariyat holatda tadqiqot harakteriga ega. Uning tarkibiy qismi sherik hamkorlar — tadbirkorlar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik intlari tomonidan birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadigan loyihalardan iborat. Yaponiyada 5 yillik rejaning mohiyatini kelajak davrda mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning konsepsiyasi tashkil etadi.Oʻzbekistonda ham xukumat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar ishtirokida strategik rejalashtirish tizimini barpo etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning 10—15 yilga moʻljallangan uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (2003), Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi (1995) va boshqa oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda davlataksiyadorlik korxonalarining rejalari negizini davlat buyurtmasi tizimi tashkil etadi. Rivojlanishning turlari orasida ijtimoiy rivojlanish alohida ahamiyatga ega. Bunday rivojlanish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish, ijtimoiy jarayonlarni oqilona boshqarishning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Bunday rivojlanishda ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflaydigan boshqa barcha koʻrsatkichlarni rejalashtirish nazarda tutiladi. 2020-yil 13-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistratura tinglovchilari uchun «Biznes-reja tuzishda asosiy e’tibor va masalalar» mavzusida maxsus mahorat darsi bo’lib o’tdi.Tadbirni, biznes rejalashtirish sohasida katta tajribaga ega bo'lgan shaxs, biznes-maslahatchi, O'zbek-Yapon markazidagi professional Menejment dasturi murabbiysi - Narinyan Sofiya Surenovna olib bordi.Ishtirokchilarni biznesni rejalashtirish asoslari va biznes-reja tuzish bo'yicha asosiy ko'nikmalarni ishlab chiqish bilan tanishtirdi. Dastur biznes-rejaning mohiyati, strategik rejalashtirishdagi turlari va o’rni, biznes-rejaning bo'limlarini ko'rib chiqish va ularning o'zaro aloqasi, biznes-rejani tuzish ishlarini tashkil etish, marketing rejasining aspektlari, marketing strategiyasi, marketing byudjeti, tashkilot va boshqaruv rejasining aspektlari haqida ma'lumotlar bilan o’rtoqlashdi. Tinglovchilar biznes-reja tuzish bo'yicha uslubiy tushuncha va osinovdan o’tgan vositalarni qo'llash amaliyoti bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishdi. Ishtirokchilar biznesni rejalashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlarni bajarishdi.Biznes-rejani tuzishda muhim bosqichlaridan bu uni loyiha ijrochilarining (uni tuzish tashabbuskorlari) bevosita ishtirokida amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkor o'z tashkilotining zaif va kuchli tomonlari, uning faoliyatining asosiy yo'nalishlari, ushbu biznes-rejani hayotga tatbiq etish uchun real imkoniyatlari haqida ko'proq tizimli va to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun zarurdir Download 124.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling