Bu belgiga ta’rif bering.
Oldinda chorraha borligi haqida ogohlantiradi.
Haydovchi va piyodalarni oldinda temir yo'lni kesib o'tish joyi borligi haqida ogohlantiradi.
Bu belgi bor joyga transport vositalarining kirishi taqiqlangan.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Agar siz ko'chadan o'qituvchi va o'rtoqlaringiz bilan guruh bo'lib ketayotgan bo'lsangiz, juft-juft bo‘lib saf torting va yo'lkaning o‘ng tomonidan yuring. Shunda siz boshqa piyodalarga xalaqit bermaysiz. Ko'chani piyodalar o'tish joyidan shoshmasdan kesib o'tish kerak.
O’qituvchining ruxsatisiz safdan chiqish mumkin emas.
Transport serqatnov bo‘lgan ko‘chalardan o'tishda sizga militsiya xodimi yordam beradi.
III. Dam olish daqiqasi :
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Ko'cha guruh bo’lib ketayotganda yo’lning qaysi tomonidan yurish kerak?
Piyodalar ko’chaning qayeridan kesib o’tishi kerak?
Ko‘chaning qaysi qismi yo’lka deb ataladi?
Chorraha nima?
Darsni yakunlash.
Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
O’.I.B.D.O’: ___________________ O. Xolmatova
Fan: Yo’l harakati qoidasi Sana: ________________________
Mavzu: Yo’l transport hodisalarning sabablari
Darsning maqsadi:
ta’Iimiy: o’quvchilarga yo’l transport hodisalarining sodir bo’lish sabablrini tushuntirish;
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
rivojlantiruvchi: hamma uchun eng muhim va oddiy bo’lgan yol harakati qoidalarini bilish, zarur yo’l belgilar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |